Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ribo >Opasi bankdan kredit olgan kishining savoli.

Opasi bankdan kredit olgan kishining savoli.

Nashr sanasi: August 2, 2025

Savol :

Opam bankdan kredit olgan edi. Vaqt o‘tishi bilan qarz miqdori ko‘payib ketdi, u esa qanday to‘lashni bilmay qoldi. So‘ngra bir ayoldan pul oldi. Ammo u ayol ham qarzni 40% foyda bilan bergan. Opam boshi berk ko‘chaga kirib qoldi va oxiri menga murojaat qildi. Men o‘sha ayolga: “Foizdan voz keching, pulingizni o‘zim to‘lab beraman”, dedim.

Bu to‘g‘rimi? Bankdagi to‘lovlarini ham o‘zim amalga oshirayapman. Bu bilan men riboga sherik bo‘lib qolmaymanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

40% foyda bilan qarz bergan ayol – riboxor hisoblanadi. Sizning: “Foizdan voz keching, asosiy qarzingizni to‘layman”, deganingiz shar’an to‘g‘ri. Chunki foiz – zulm va haromdir, uni olishga hech kimning haqqi yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu savolda aytilayotgan ayol – ya’ni 40% foyda bilan pul bergan shaxs – riboxor, sudxo‘r hisoblanadi. Sizning u ayolga aytgan gapingiz – “Foizdan voz keching, asosiy pulingizni o‘zim to‘layman” – bu to‘g‘ri va shar’an maqbul so‘z bo‘ladi. Chunki u ayolning foiz talab qilishga shar’an haqqi yo‘q.

Foiz – zulm va harom hisoblanadi. Uni olish – birovning haqqini nohaq olishdir. Agar u sizdan foizni talab qilsa, bilinki, sizning u foizni bermaslik haqqingiz bor. Hatto agar qonuniy jihatdan ham foiz qismini to‘lamaslik imkoniyati bo‘lsa va bu sizga zarar keltirmasa, uni to‘lamang. Chunki foizli qarzning o‘zi shar’an botildir.

Agar sizga 10 ming so‘m berilgan bo‘lsa, lekin undan 14 ming so‘m qaytarish so‘ralayotgan bo‘lsa, bu 4 ming so‘m ortiqcha – ya’ni foiz (ribo) hisoblanadi. U ortiqcha pulni bermaslik kerak. Siz esa: “Mana, 10 ming qarzingiz, olavering”, deb qaytarsangiz, ish yopiladi va siz zulmni to‘xtatgan bo‘lasiz.

Bank to‘lovlarini to‘lab berishingiz esa sizni riboga sherik qilmaydi, balki o‘zingizni yoki opangizni zulmdan, muammoli vaziyatdan qutqarish bo‘ladi.

To‘g‘ri, bu ish aslida noto‘g‘ri boshlangan, ammo amallar niyatga bog‘liq“Innamal a‘mālu bin-niyyāt” hadisida aytilgandek. Sizning niyatingiz – riboni davom ettirish emas, balki ribo orqali kelgan nohaqlikni tugatishdir.

Shuning uchun, bankga to‘lov qilish orqali siz riboni emas, balki zulmni tugatish maqsadida harakat qilyapsiz. Bu esa aksincha savobli ish sanaladi, in shā Alloh.

Riboga pul bergan ayolga esa faqat o‘z pulini qaytaring. Foizini bermang.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ota-onaning kreditini to‘lashga yordam berish haqida.

    August 2, 2025
  • Musulmon va kofir o‘rtasidagi ribo muomalasi haqida.

    May 7, 2025
  • Bank orqali 3 oyga kredit olib, foiz to‘lanadigan muddatgacha yetkazmay to’lab yuborish.

    April 10, 2025
  • Qarzga olingan puldan, foyda chiqarib berish hukmi.

    February 25, 2025
  • Kelin topib bergani uchun pul olish ribo hisoblanadimi?

    January 5, 2025