Ustoz, bir birodar dinga xizmat qilish maqsadida videomontaj yo‘nalishida tahsil oldi va ahli sunna bo‘lgan olimlarning videolarini montaj qilayotgan ustalarga murojaat qilib, ular bilan ishlashni taklif qildi.
Bu sohaga o‘qiganligi sababli u kanaldagi ayrim kamchilik va xatolarni ko‘rsatib, takliflar berdi. Ammo bu holat birodarlarga yoqmagan shekilli, u bilan ishlashni xohlamadilar. Vaholanki, u birodar ham xuddi o‘sha studiyada ishlayotganlar qilayotgan ishni qila olardi.
Endi shunday holatda, ular uning dinga xizmat qilolmasligiga sababchi bo‘lib qolmadilarmi? Vaholanki, olimlarning hali ommaga chiqmagan juda ko‘p darsliklari bor. Ba’zilar esa olimlar yonida bo‘la turib, shunday kamchilikka yo‘l qo‘yayotganlari kishini ranjitadi.
Olimlar va ularning atroflaridagi insonlar xulq va dinda boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak emasmi? Chunki ko‘pchilik olimlardan emas, balki ularning atrofidagilardan ko‘p narsa kutadi.
Shunday birodarlarga bir nasihat bersangiz.