Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Rizq >Nima qilsam rizqimga baraka keladi?

Nima qilsam rizqimga baraka keladi?

Nashr sanasi: August 2, 2025

Savol :

“Ustoz, qo‘limdan kelganicha taqvo bilan yashayapman, lekin ishlarim yurishmayapti. Soqolim sababli ko‘p joyda ishga olishmayapti. Rizqim torligidan shikoyat qilmoqdaman. Nima qilsam, rizqimga baraka kiradi?”

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Iymon va taqvoni mahkam tuting. Halol sabablarni qiling. Harakatdan to‘xtamang. Allohga suyaning. Baraka – faqat Allohning qo‘lidadir. Sizdan esa taqvo va sabr talab qilinadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu haqda baraka mavzusida alohida darslarimiz bor. Jumladan, “Salomat qalb” darslarida baraka haqida keng tushuntirishlar berilgan.

Aslida, barakaning eng asosiy sababiimon va taqvodir. Alloh taolo Qur’onda shunday deydi:

وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ ٱلْقُرَىٰٓ ءَامَنُوا۟ وَٱتَّقَوْا۟ لَفَتَحْنَا عَلَيْهِم بَرَكَـٰتٍۢ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ

Agar qishloqlar ahllari iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, Biz, albatta, ularga osmonu yerdan barakotlarni ochib qo`yar edik. 

(A’rof surasi, 96-oyat)

Demak, baraka – iymon va taqvo bilan keladi. Sunnatga amal qilish va halol rizq izlash – taqvoning bir ko‘rinishidir.

“Rizqim tor”, deyishingiz to‘g‘ri emas. Balki siz uni tor deb his qilyapsiz. Alloh har bir bandaga rizq beradi. Balki sizda moliyaviy tarafdan qislik bo‘lishi mumkin, lekin Alloh sizga sog‘liq, bo‘sh vaqt, ilm olish imkoniyati kabi boshqa ne’matlarni ochib bergandir. Bular ham rizqdir.

Ishlar yurishmayapti deb qo‘l qovushtirib o‘tirmang. Rasululloh ﷺ aytdilar:

“Allohdan yordam so‘ra va ojiz bo‘lma.”
(Muslim rivoyati)

Bu sizga sabablarni izlashga, harakat qilishga da’vatdir. Alloh sizni o‘ylamagan joyingizdan rizq bilan rizqlantiradi. Qur’onda shunday deyilgan:

وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّهُۥ مَخْرَجًۭا

Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo`lini ochib qo`yadir.

وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ ۚ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَـٰلِغُ أَمْرِهِۦ ۚ قَدْ جَعَلَ ٱللَّهُ لِكُلِّ شَىْءٍۢ قَدْرًۭا ٣

Va unga o`zi o`ylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning O`zi kifoyadir. Albatta, Alloh O`z ishini yetkazuvchidir. Haqiqatan, Alloh har bir narsaga o`lchov qilib qo`ygandir.

(Talaq surasi, 2–3-oyatlar)

Demak:

  1. Iymon va taqvoni mahkam tuting.

  2. Rizq topish sabablarini qiling.

  3. Har bir harakatingizda Allohga suyaning.

  4. Tavakkulni kuchaytiring.

Rizq, baraka, muvaffaqiyat – barchasi Allohning qo‘lidadir. U xohlagan bandasi uchun osmon-u yerdan kalitlarni ochadi. Demak, siz taqvoni saqlagan holda, harakatni ham tashlamasligingiz kerak.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Pivo sotiladigan joyga yuk tashish joizmi?

    May 22, 2025