Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Nikohga oid ikki savol.

Nikohga oid ikki savol.

Nashr sanasi: July 20, 2025

Savol :

Nikoh o‘qilganda turmush o‘rtog‘im boshqa shaharda, men esa boshqa shaharda edim. Nikohda men qatnashmadim. Valiyim vakolatni imomga berdi. Xo‘jayinim esa ikki erkak guvoh bilan imomning oldida edi. Nikohda mahr ham zikr qilindi. Shu tarzda nikoh o‘qildi. Shu nikoh durustmi?

Ikkinchi savolim: hech ko‘rishmasdan, dukhul yoki halovat sahiha bo‘lmasdan turib erim taloq berdi. So‘ng uch kun o‘tmasdan: “Qaytib oldim,” dedi. Lekin men bu gapni qabul qilmadim. Sababi, halovat sahiha bo‘lmasdan ajralishsa, nikoh qaytadan o‘qilishi kerak emasmi? Nikoh qaytadan o‘qiladigan bo‘lsa, valiyim boshqa birovga yana imomga vakolat berishi kerak emasmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

1. Nikoh sahih bo‘lgan. 2. Qaytadan nikoh o‘qilishi kerak. Qaytadan mahr tayinlanib, valiyning roziligi ham qayta olinishi lozim bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Juda tiniq va aniq savol bo‘pti, masha Alloh.

Birinci savolingizga javoban: nikohingiz sahih hisoblanadi. Chunki sizning valiyingiz rozilik bildirib, vakil sifatida imomga vakolat bergan, imom esa guvohlar va kuyov bilan birga, mahrni zikr qilib nikohni o‘qigan. Bu holda nikoh to‘g‘ri bo‘ladi, unga shariat nuqtayi nazaridan e’tiroz yo‘q.

Ikkinchi masalaga keladigan bo‘lsak: agar eringiz siz bilan halovat sahiha (yaqinlik) qilmasdan taloq bergan bo‘lsa, bu holda idda (kutish muddati) vojib bo‘lmaydi. Siz bevosita ajralgan hisoblanasiz. Ammo mahrning yarmi sizga berilishi kerak. Chunki siz bilan nikoh o‘qilgan, ammo hali birga yashalmagan. Shunga ko‘ra, mahrning yarmi – agar aniq miqdor aytilgan bo‘lsa – er tomonidan to‘lanishi lozim.

Bu birinchi taloq bilan siz u kishiga begona bo‘ldingiz. Keyin u kishi uch kun o‘tmasdan “Men seni qaytib oldim” desa ham, bu qaytish (ruju’) hisoblanmaydi. Chunki halovat bo‘lmagan va idda ham yo‘q. Shu sababli qayta nikoh o‘qilmay turib, er-xotinlikka qaytib bo‘lmaydi.

Demak, agar eringiz siz bilan yana yashamoqchi bo‘lsa, u holda yana yangi nikoh o‘qilishi kerak, yangi mahr belgilanishi kerak. Bu mahr ilgari aytilgan mehrga bog‘liq emas – u masala yakunlangan. Sizga u mahrning yarmi berilishi kerak edi. Endi yangi nikohda yangi mahr tayinlanadi.

Shuningdek, yangi nikoh uchun yana sizning valiyingiz rozilik bildirishi lozim. Valiyingiz yana boshqa birovga vakolat bersa ham bo‘ladi. Xullas, qanday qilib birinchi nikoh bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi ham o‘sha tartibda o‘qilishi lozim.

Muhimi, bu nikoh sizning roziligingiz bilan bo‘lishi kerak. Siz rozilik bildirmasangiz, u odam “qaytib oldim” degani bilan nikoh tiklanmaydi.

“Qaytib oldim” deyishning o‘zi bilan nikoh qaytmaydi.


Wallāhu A‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayoliga yaqinlik qilish xohishini aytmaydigan er haqidagi savol.

    July 20, 2025
  • Nikohdan avval yolg‘on gapirgan ayol bilan ajrashgan erkak gunohkor bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Erim bilan chiqisha olmayapman, oylab gaplashmaydi, uch farzandimiz bor. Yashashni ham, ajrashishni ham bilmayapman. Nima qilay?

    July 12, 2025
  • Farzand ko‘rmaslik sharti bilan nikoh tuzsa bo‘ladimi?

    July 12, 2025
  • Qayta nikohda vakolat yangilanmasa, nikoh botil bo‘ladimi?

    July 8, 2025
  • Uch taloqdan so‘ng qayta nikohda mahr berish shartmi?

    July 7, 2025