Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Nikoh ham taqdirda yozilganmi yoki harakatga bog‘liqmi?

Nikoh ham taqdirda yozilganmi yoki harakatga bog‘liqmi?

Nashr sanasi: June 10, 2025

Savol :

Ustoz, “insonning rizqi yozilgan” deyiladi. Shunday bo‘lsa, kimga uylanishimiz ham taqdirda yozib qo‘yilganmi? Harakat qilib, orzudagimizni topishga intilish to‘g‘rimi? Ba’zan nimadir nasib bo‘lmasa, “yaxshi harakat qilmaganim uchun bo‘ldi” deb o‘zimni ayblayman. Shu to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Nikoh ham rizq – taqdirda yozilgan. Lekin unga erishish uchun sabablarni qilish bizning burchimiz. Agar harakat qildik-u, natija bo‘lmadi – demak, Alloh boshqacha taqdir qilgan. O‘zingizni ayblamang – Allohga tavakkul qiling.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu juda muhim savol. Islomda “sababiyat qonuni” bor – ya’ni Alloh taolo dunyodagi har bir ishni sababga bog‘lab yaratgan. Rizq, farzand, sog‘lik, nikoh – hammasi sabablar orqali amalga oshadi.

Misol: Maryam onamizga xurmo tushishi uchun daraxtni silkitishni, Muso alayhissalomga esa asosi bilan dengizni urishni buyurgan. Bu – Alloh hatto mo‘jizalarni ham sabab orqali ro‘yobga chiqarishini bildiradi.

Demak, harakat qilish bizga buyurilgan. Bu Allohning sinovi. Kimdir uylanish uchun harakat qiladi – Alloh taqdir qilsa, ro‘y beradi. Taqdir qilinmagan bo‘lsa, ro‘y bermaydi. Lekin inson sabablarni tashlab, “baribir yozilgan bo‘lsa, nima qilaman” deb yotib olmasligi kerak.

Shuning uchun siz orzu qilgan inson bilan turmush qura olmasangiz ham, bu siz yomon harakat qilganingizdan bo‘lmasligi mumkin. Balki Alloh siz uchun yaxshiroq, munosibroq kishini taqdir qilgan bo‘lishi mumkin.

Xulosa:
Nikoh ham rizq – taqdirda yozilgan. Lekin unga erishish uchun sabablarni qilish bizning burchimiz. Agar harakat qildik-u, natija bo‘lmadi – demak, Alloh boshqacha taqdir qilgan. O‘zingizni ayblamang – Allohga tavakkul qiling.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qiz otasiga quloq solmay johil yigitga tegsa, ota gunohkor bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Qonuniy nikohi bo‘lmagani uchun imom nikoh o‘qishdan bosh tortgan va ayoli bilan qo‘shilib qo‘ygan yigitning savoli.

    October 7, 2025
  • Qizlar er topish uchun ko‘chaga chiqishi kerakmi?

    October 4, 2025
  • Toshkentlikman. Buxorolik bir dindor qizni yoqtirib qoldim. Onam «ular bizga to‘g‘ri kelmaydi» deb qarshi. Men esa boshqa qizlarga ko‘ngil qo‘ya olmayapman. Shariatda bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

    October 2, 2025
  • Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

    October 2, 2025
  • To‘y kuni mashinalardan kortej qilish hukmi.

    September 14, 2025