Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Nega ayol kofirga tegishi mumkin emas-u, erkak yahudiy yoki nasroniyga uylanishi mumkin?

Nega ayol kofirga tegishi mumkin emas-u, erkak yahudiy yoki nasroniyga uylanishi mumkin?

Nashr sanasi: April 27, 2025

Savol :

Ustoz, nega ayol kishi kofirga turmushga chiqishi mumkin emas-u, erkak kishi yahudiy yoki nasroniy ayolga uylanishi mumkin? Nasroniy o‘z dinini tutgan bo‘lsa ham, baribir kofir-ku?!

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha mazmun: Bu Allohning hukmi. Erkak o‘z ayolini diniga da’vat qilishi mumkin, ayol esa kofir erga ergashib imonidan ayrilishi ehtimoli kuchli. Muslima ayol uchun bunday nikoh mumkin emas.

Avvalambor, bu Allohning hukmi bu. Biz Allohning bandasimiz, biz musulmonmizmi? Ha, bo‘layotgan bo‘lsa, musulmon odam, Alloh nima desa, shuni qiladi.

Nima uchun kuniga besh vaqt namoz o‘qiymiz? Savol berish mumkinmas bunday deb, nima uchun? Alloh buyurgani uchun.
Nima uchun ro‘zada aynan Ramazon 30 kun ro‘zada tutamiz, boshqa oy emas, aynan Ramazon kutib turamiz.

Nimaga aynan Zulhijjada haj qilamiz, boshqa oy emas masalan? Zulhijjada issiq paytlariga kelganda ham boradi, qish paytlariga o‘zgartirsak bo‘lmaydimi shuni? Salqin paytda yoki hajda ikki bo‘lib qilsak bo‘lmaydimi odamlar?

Dunyoda hamma bir vaqtda yig‘layapti, sig‘may ketyapti. Har oy bir haj qilib qo‘ysak bo‘lmaydimi?
Borib, navbat-navbat bilan har o‘lka masalan bo‘lib-bo‘lib bersa, o‘sha oylar borib haj qilib kelaversa bo‘lmaydimi?
Yoki umuman Ka’bani nima e’tibor qilamiz biz aynan? Buyoqda odam bitta Ka’baga o‘xshagan joy yasab olsak bo‘lmaydimi o‘zimiz?

Hamma bir joyga borib xarajatni ko‘paytirmay, har bir shaharning o‘zida bir Ka’basi bo‘lsa bo‘lmaydimi?

Nima javob berasiz shu savollarga?
Namozga nima deb javob berasiz?
Ya’ni bularning hammasining javobi bitta: Robbim shuni buyurdi.

Demak, ayol va erkakni nikoh holatini ham Alloh buyurdi.
Masalan, taloq masalasi bor, idda masalasi bor. Idda masalasida umuman taabbudiy tomon bor — ya’ni Alloh buyurgani uchun qilayotgan holatlar bor.

Misol uchun, er xotini bilan bir 10 yildan beri birga yashamaydi, safarda yuribdi. Va eri o‘sha yoqdan taloq qilsa, xotin uch hayz o’tkazib idda o‘tiradi.
Agar bolasi yo‘q bo‘lsa, bor-yo‘qligini bilish uchun deyilgan bo‘lsa ham, 10 yildan beri u safarda kelmaydi uzoqda.

O‘shanday bo‘lsa ham bu yerda idda o‘tiradi. Nima uchun? Bu nafaqat bola uchun, balki ibodat uchun.
Alloh taolo mana shunday shariat qildi: taloqdan keyin uch oy yetadi, o‘tirish kerak.
Nima uchun deb so‘ralinmaydi.

Erkakning o‘ziga yarasha alohida hukmlari bor, ayolning o‘ziga yarasha hukmlari bor.
Masalan, erkak kishiga jamoat vojib, erkak kishiga jihod farz, erkak kishiga amri ma’ruf nahiy munkar ko‘chalarda bemalol gapirish kerak.

Ayol kishiga vojibmas narsa — Juma namozlari, Hayd namozlari. Ayol kishi uyda o‘tiradi, erining itoatida bo‘ladi, bola tarbiyalaydi.

Ya’ni ham erkakda, ham ayolda o‘ziga yarasha ahkomlarini Alloh bizga belgilab berdi.

Savol beruvchida shunday narsa kelib qolgan: “ayol-erkak teng” degan.
Erkak bilan ayol qaysi joyda teng huquqlarda? Teng degan joylari bor: insoniylik jihatidan teng. Balki ba’zi joylarda ayol kishini oldinga qo‘yilgan joylari ham bor.

Masalan, kimga yaxshilik qilay, deganda: “Onangga”, — dedilar Rasululloh uch marta, keyin otangga, dedilar Rasululloh.

Bu joyda ayol oldinga qo‘yilyapti.
Lekin ba’zi joylarda erkaklarning huquqi ustun. Masalan, oilada ro‘zg‘or boshi — erkak. Bitta boshliq bo‘ladi, ikkita boshliq bo‘lmaydi, erkak kishi.

Taloq haqqi ham erkakka berilgan.

Nima uchun? Alloh o‘zi biladi. Alloh shunday buyurdi bizga.

Va xuddi shunday: Allohning buyruqlaridan biri — erkak kishi, musulmon odam yahudiya yoki nasroniy ayolga uylanishi mumkin, ammo muslima ayol yahudiy yoki nasroniy erkakka turmushga chiqishi mumkin emas.

Nima uchun? Chunki bu Allohning buyrug‘i, birinchi sabab.
Keyin aqliy tomondan ham qarasak, erkak kishi ro‘zg‘or boshlig‘i bo‘ladi. Ayol esa odatda erining dinida bo‘ladi.

Muslima ayol yahudiy yoki nasroniy erkakka chiqsa, bu ayol aqidasi buzilib, dinidan chiqib ketish ehtimoli katta.
Ammo musulmon erkak yahudiya yoki nasroniy ayolni olsa, bu ayol eriga tobe bo‘ladi, va borib-borib Islomga kirib ketish ehtimoli bor.

Bu ham da’vat bo‘ladi.
Yana boshqa hikmatlari ham ko‘p.

Asosiysi — Allohning hukmi.

Din aqlga tayanib yuriladigan emas. Alloh buyurgani uchun qilinadi.

Mana zakot, meros, diyat, jinoyat hukmlari — hammasi Alloh tomonidan belgilangan.

Biz musulmonmiz: Alloh nima desa, shuni qilamiz.
Ro‘za tut desa tutamiz. Namoz o‘qi desa o‘qiymiz.

Muslima ayol kofir erkakka turmushga chiqsa — bu nikoh emas, zina bo‘ladi.

Bugun esa afsuski, muslima ayollar turli kofirlarga tegmoqda.
Bu — ummatning zaiflashganining alomati.

Aslida muslima ayolning bunday nikohi mumkin emas.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • O‘gay qiz erga mahram bo‘ladimi?

    June 3, 2025
  • Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

    June 3, 2025
  • Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

    June 2, 2025