Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ro’za >Nazr qilingan ro‘zani ketma-ket tutish kerakmi?

Nazr qilingan ro‘zani ketma-ket tutish kerakmi?

Nashr sanasi: December 24, 2025

Savol :

Nazr qilingan ro‘za ketma-ket tutiladimi? Agar uzoq muddat ro‘za tutish nazr qilingan bo‘lsa va ketma-ket tutish imkoni bo‘lmasa, nima qilinadi? Bo‘lib-bo‘lib tutilsa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Nazr qanday lafz bilan aytilgan bo‘lsa, aynan o‘sha shaklda ado etilishi vojib.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Nazr qilingan ro‘zaning hukmi nazr qanday qilinganiga qarab belgilanadi.

Agar kishi:

  • “Ketma-ket ro‘za tutaman” deb nazr qilgan bo‘lsa,
    u holda ketma-ket tutish vojib bo‘ladi. Chunki nazrda aytilgan shartga amal qilish majburiy.

Agar esa:

  • “O‘n kun ro‘za tutaman”, deb aytib,

  • ketma-ketligi haqida shart qo‘ymagan bo‘lsa,

u holda bu ro‘zalarni bo‘lib-bo‘lib tutish ham joiz bo‘ladi. Chunki nazr mutlaq qilingan, mutlaq nazr esa o‘z mutlaqligicha ado etiladi.

Xulosa qilib aytganda:

  • Nazr qanday lafz bilan aytilgan bo‘lsa, aynan o‘sha shaklda ado etilishi vojib.

  • Ketma-ketlik sharti qo‘yilgan bo‘lsa — ketma-ket.

  • Shart qo‘yilmagan bo‘lsa — bo‘lib-bo‘lib tutish ham mumkin.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Uylanmagan bo‘ydoq shahvati tufayli ro‘zasini buzsa, 60 kun qazo tutadimi?

    January 10, 2026
  • Yuzlab marta buzilgan qasam uchun qanday ro‘za tutish mumkin?

    October 6, 2025
  • Ashuro ro‘zasi fazilatlari

    July 4, 2025
  • Qazo ro’zasini tutish muddati

    May 21, 2025
  • “Qand kasalligim bor, ba’zida ro‘za tuta olmayman — fidya to‘lashim shartmi?”

    May 14, 2025
  • Ro’za paytida burunga dori sepish

    May 1, 2025