Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Namozlardan keyin ma’lum suralarni doimiy o‘qish: Sunnatmi yoki bid’at?

Namozlardan keyin ma’lum suralarni doimiy o‘qish: Sunnatmi yoki bid’at?

Nashr sanasi: July 22, 2025

Savol :

Ustoz, bomdod namozidan keyin Yosin, peshindan keyin Ar-Rahmon, asrdan keyin An-Naba’, shomdan keyin Al-Waqi‘a, xuftondan keyin esa Al-Mulk suralarini o‘qish kerakmi? Bu qanday amallardan sanaladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qur’onni o‘qish — savob. Ammo ma’lum suralarni har kuni ma’lum vaqtda o‘qish shart degan qarash — bid’at.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu amallar bid’at amallardan sanaladi.

Ya’ni, shariatda bu kabi muayyan vaqtlarda muayyan suralarni o‘qish buyurilgan joy yo‘q. Bunday suralarni har kuni, ma’lum namozlardan keyin o‘qish sunnat yoki vojibdir deb aytish — bu bid’atga kiradi.

Agar biror kishi shunchaki Qur’on tilovat qilmoqchi bo‘lsa va bomdoddan keyin Yosin, peshindan keyin Rahmon o‘qisa — bu joiz, hech qanday zarar yo‘q. Chunki Qur’on o‘qishning o‘zi savobli amal. Ammo bu amalni:

“Bomdoddan keyin Yosinni albatta o‘qish kerak,”
yoki
“Shomdan keyin Voqeani o‘qimasang, sunnatni tark qilgan bo‘lasan,”
deya majburlov yoki doimiy tartib sifatida qilish — bu dinda bo‘lmagan narsa bilan ibodat qilish sanaladi.

Shu sababli, bu yerda muhim tafovut bor:

  • Agar kimdir: “Shu vaqtda mana shu surani o‘qish kerak,” desa — bu bid’at.

  • Agar kimdir: “Men ushbu surani yaxshi ko‘raman, vaqtim shu paytda bo‘sh bo‘ladi,” desa — bu joiz.

Shuningdek, Rasululloh ﷺdan bunday tartibda ma’lum suralarni ma’lum vaqtlarda o‘qish haqida hech qanday aniq hadis rivoyat qilinmagan. Masalan, Yosinni bomdoddan keyin o‘qish haqida hech qanday dalil yo‘q. Mulk surasini yotishdan oldin o‘qish mustahabligi rivoyat qilingan bo‘lsa-da, xufton namozidan keyin degan qat’iy vaqt belgilanmagan.


Muammo qayerda?

Muammo — Qur’onning o‘zida emas. Qur’onni istalgan vaqtda o‘qish joiz. Muammo — Qur’onning ayrim suralarini dinga kiritilmagan tarzda doimiy tartibga solib, shariatda bor bo‘lmagandek qilib odamlarga majburiy tarzda o‘rgatishda.

Shariat qilmagan narsani “sunnat”, “lozim”, “zarur” deb o‘rnatish — bu bid’atdir. Agar kimdir: “Sen Yosinni bomdoddan keyin o‘qimabsan, demak sunnatni tark qilding,” desa — bu og‘ir ayb bo‘ladi.

Masjidda odam namozdan keyin chiqib ketsa:

“Quron o‘qimading, Qurondan yuz o‘girding,”
deya unga tanbeh berish — bu ham xato. Chunki namozdagi farz qismi tugagach, odam xohlasa masjidda qoladi, xohlasa chiqib ketadi, xohlasa zikr qiladi, xohlasa Qur’on o‘qiydi, bu uning ixtiyoriga havola qilingan narsa.

Aks holda bu odamga: “Sen Qur’ondan yuz o‘girding,” deb aytish — zulm va dinni noto‘g‘ri tushunishdir.


Xulosa:

  • Qur’onni o‘qish — savob. Ammo ma’lum suralarni har kuni ma’lum vaqtda o‘qish shart degan qarash — bid’at.

  • Odam Qur’onni istagan paytda, istagan joyda o‘qishi mumkin — bu uning huquqidir.

  • Boshqalarga Qur’onning vaqtga bog‘liq tartibini yuklash — shariatda mavjud bo‘lmagan narsa bilan ibodat qilish hisoblanadi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Chaqaloqqa yosh bola ovozida Qur’on o‘qib berish joizmi?

    July 16, 2025
  • Qur’on eshitib turgan holda ish qilish, ovqatlanish yoki suhbatlashish joizmi?

    July 12, 2025
  • Boshqa joyda ilm olishiga ustozi norozi bo’lsa nima qilish kerak?

    July 8, 2025
  • Amakimi uyiga ham izn so‘rab kirishim kerakmi?

    June 29, 2025
  • Sahobalar “Tabbat yada Abī Lahab” surasini Rasululloh ﷺ xafa bo‘lmasin deb o‘qimaganlari rostmi?

    June 27, 2025
  • “Kimki Qur’onni ohang bilan o‘qimasa, u bizdan emas”, degan hadisning tafsiri

    June 18, 2025