Ustoz, biz birodarlar bilan muzoroba asosida ishlab kelmoqdamiz. Ishimiz savdo-sotiq bilan bog‘liq. Har oy oxirida sof foydani bo‘lishib olardik. Bir maruzada “Muzorobadan tushgan foydani to u muzoroba tugamaguncha olish mumkin emas”, degan gapni eshitdik.
Shundan so‘ng har uch oyda qoldiqni olib, foydani taqsimlaydigan bo‘ldik. Ya’ni, xuddi uch oyda bir muzorobamiz tugab, keyin yana boshqa muzoroba boshlanayotgandek hisoblaymiz. Lekin oddiy muzoroba tugashi bilan bizning muzorobamiz tugashining farqi shundaki — bizda pul aylanmadan yechilmaydi.
Yechishning iloji ham yo‘q. Shu ishimiz to‘g‘rimi?