Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Bank >Musulmon va kofir o‘rtasidagi ribo muomalasi haqida.

Musulmon va kofir o‘rtasidagi ribo muomalasi haqida.

Nashr sanasi: May 7, 2025

Savol :

Ustoz, musulmon va kofir o‘rtasidagi ribo muomalasi haqida gapirgandingiz. Men Rossiyada yashayman. U yerda kreditga uy olishim joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Tavsilotini bor.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masala haqida avval ham ko‘p gapirdik va tafsilotlarini tushuntirdik. Fuqaholar o‘rtasida ixtilof bor. Imom Abu Hanifa (rahimahulloh)dan rivoyat qilingan ba’zi fatvolarda musulmon bilan kofir o‘rtasida ribo (foiz) bo‘lmaydi degan fikr kelgan. Bunga asos qilib, ular: “Agar kofirning molini urush holatida olib qo‘yish mumkin bo‘lsa, u holda undan ribo yo‘li bilan olish afzalroq”, degan fikrni aytganlar.

Lekin bu nuqtada muhim tafsilotni unutmaslik kerak: Abu Hanifa rahimahulloh aytgan holatda foydalanuvchi musulmon bo‘lishi kerak edi, ya’ni u foiz olib foyda ko‘radigan tomonda bo‘lishi kerak. Ammo hozirgi kredit tizimida bu teskari: foiz to‘lovchi musulmon bo‘lmoqda. Ya’ni musulmon odam bankdan qarz olyapti, foiz (ribo) to‘layapti.

Shu sababdan, jumhur (ya’ni ko‘pchilik) ulamolar, jumladan Imom Molik, Imom Shofe’iy, Imom Ahmad ibn Hanbal rahimahumullohlar — bu masalada qat’iy haromlik hukmini berganlar. Ularning fikricha, musulmonlar qanday yurtda yashamasin (dorul-islom bo‘ladimi, dorul-kufr bo‘ladimi), ribo haromligining hukmi o‘zgarmaydi.

Zino dorul-islomda ham harom, dorul-kufrda ham harom bo‘lganidek, ribo ham har doim harom bo‘ladi. Kofir bilan ribolik bitim tuzish — hech qayerda halol bo‘lmaydi. Shariatda bunga hech qanday istisno yo‘q.

Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi:

“Alloh riboning barakasini yo‘q qiladi, sadaqalarga esa ziyoda beradi.”
(Surat al-Baqara, 276-oyat)

Shuning uchun biz har doim jumhur ulamolarning fatvosi bilan amal qilamiz: foizli kredit olish joiz emas — qayerda yashashingizdan qat’i nazar. Halol yo‘llarni izlang. Alloh taolo halolidan bersin va unga baraka ato qilsin.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Bank orqali 3 oyga kredit olib, foiz to‘lanadigan muddatgacha yetkazmay to’lab yuborish.

    April 10, 2025
  • Bankga qo’yilgan puldan foiz olsa bo’ladimi?

    April 7, 2025
  • Qarzga olingan puldan, foyda chiqarib berish hukmi.

    February 25, 2025
  • Kelin topib bergani uchun pul olish ribo hisoblanadimi?

    January 5, 2025