Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >“Munofiqlar Allohni kam eslaydi” oyati sharhi.

“Munofiqlar Allohni kam eslaydi” oyati sharhi.

Nashr sanasi: August 18, 2025

Savol :

“Munofiqlar Allohni kam eslaydi” degan oyatni tushuntirib bersangiz. Ularga o‘xshab qolmaslik uchun qancha miqdorda zikr qilish kerak bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Munofiqlar faqat qiyinchilikda Allohni eslaydi. – Mo‘min esa har bir holatda zikr qiladi. – Zikrda “qancha miqdor” deb cheklash yo‘q, imkon qadar ko‘proq va doimiy qilish kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Munofiqlar Allohni faqat zarurat tushganda yoki bir balo kelganda eslaydi. Farovonlikda, tinchlikda esa Uning zikridan g‘aflatda bo‘ladilar. Ya’ni ular ibodat va zikrni faqat manfaat ko‘rganda qiladi.

Ammo mo‘min kishi unday bo‘lmaydi. Mo‘min odam har qanday holatda — yotganda ham, turganda ham, o‘tirganda ham Allohni eslaydi. Qur’onda aytiladi:

ٱلَّذِينَ يَذْكُرُونَ ٱللَّهَ قِيَـٰمًۭا وَقُعُودًۭا وَعَلَىٰ جُنُوبِهِمْ
(Ular turgan holda ham, o‘tirgan holda ham, yonboshlab yotgan holda ham Allohni zikr qiladilar). [Oli Imron, 191]

Demak, mo‘minning hayoti zikr bilan to‘la bo‘ladi. Uxlashdan oldin ham, uyg‘onganda ham, uyga kirib-chiqishda ham, ovqat yeyishda ham, safarga chiqqanda ham, hatto kichik ishlarda ham zikrlar, duolar mavjud.

Shu bois zikrning miqdorini cheklash shart emas. Mo‘min odam imkon qadar ko‘proq zikr qiladi. Har bir ishini Allohning nomi bilan boshlash, tong va kechki zikrlarni o‘qish, Qur’on tilovati, istig‘for aytish — bularning barchasi mo‘minning kundalik zikridir.

Xulosa:
– Munofiqlar faqat qiyinchilikda Allohni eslaydi.
– Mo‘min esa har bir holatda zikr qiladi.
– Zikrda “qancha miqdor” deb cheklash yo‘q, imkon qadar ko‘proq va doimiy qilish kerak.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Qur’on o‘qiyotgan odamga birov salom bersa, nima qiladi?

    August 29, 2025
  • “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish xatomi?

    August 5, 2025
  • 20 yoshda Qur’on yodlash afzalmi, ilm o‘rganishmi?

    July 25, 2025
  • Namozlardan keyin ma’lum suralarni doimiy o‘qish: Sunnatmi yoki bid’at?

    July 22, 2025
  • Chaqaloqqa yosh bola ovozida Qur’on o‘qib berish joizmi?

    July 16, 2025
  • Qur’on eshitib turgan holda ish qilish, ovqatlanish yoki suhbatlashish joizmi?

    July 12, 2025