Erim Rossiyaga ishlagani ketdi. U menga qaynonam va qaynotam bilan birga yashashni talab qilayapti, lekin men bunday yashashni istamayman. Chunki ular luqmaning halol-haromiga bee’tibor — bolamga har qanday narsani yedirishadi, deb erimga necha bor tushuntirdim, ammo u sukut saqlayapti. Shularni bilaturib, mendan baribir u yerda qolishni so‘ramoqda. Hozir ota uyimdaman. Erim esa: “Agar uyga qaytmasang, senga yaxshi muomala qilmayman”, deb aytdi. Men esa “yo‘q” dedim. Orada 3-4 kunda borib xizmatlarini qilib kelaman. Men qanday yo‘l tutsam, Alloh rozi bo‘ladigan ish qilgan bo‘laman?
Men erimning ota-onasi bilan yashashim shartmi?
Savol :
Javob :
Siz Alloh rozi bo‘ladigan yo‘lni tanlashga harakat qilyapsiz — bu o‘zi katta fazilat. Ammo kelajakda muammo bo‘lmasligi uchun, eringiz bilan ochiq va sokin muloqot qilib, farzand va luqma masalasida kelishuvga kelishga harakat qiling.
Maqola foydali bo’ldimi?
0