Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Mayyit uchun Mulk surasini 70 marta o‘qish sahih amallardanmi? Nima foydaliroq?

Mayyit uchun Mulk surasini 70 marta o‘qish sahih amallardanmi? Nima foydaliroq?

Nashr sanasi: June 4, 2025

Savol :

Domla, biz tomonlarda birov vafot etsa, mayyit yuvilishidan to qabrga olib borilgunga qadar ayollar Mulk surasini 70 marta o‘qib o‘tirishadi. Mulk surasining mayyit uchun foydasi bormi? Men bu haqda bilmaganim uchun bundan qaytara olmadim. Domla, mayyit uchun nima qilsak foydaliroq bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Mulk surasini 70 marta o‘qish — bu Rasululloh ﷺdan rivoyat qilingan sunnat emas. Qur’on o‘qib mayyitga bag‘ishlash — ulamolar o‘rtasida ixtilofli masala. Foydaliroq amallar esa — duo qilish, qarzini to‘lash, sadaqa qilish, nomidan haj yoki umra qilishdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Mayyitga foydali bo‘lgan narsalarni Rasulullohdan ﷺ o‘rganamiz. Rasululloh ﷺ mayyitlarga bizdan ko‘ra rahmliroq kishilar edilar. Nima foydali bo‘lsa, Rasululloh ﷺ qilganlar: qarzi bo‘lsa, to‘lab berganlar; janozasini o‘qiganlar; haqqiga duo qilganlar; qabrida turib duo qilganlar.

Bundan tashqari odamlar yana qo‘shimcha qilmoqda, masalan, Qur’on o‘qish. Rasululloh ﷺ o‘qiganlarmi? Biror marta Qur’on o‘qimaganlar. Nega? Esdan chiqib ketganmi? Bilmaganmi? Rasululloh ﷺ bilib turib qilmaganmi? Nima deb javob berasiz? Agar foydali bo‘lganida, albatta Rasululloh ﷺ qilgan bo‘lar edilar.

Shunday ekan, mayyitga haqiqiy foyda keltiradigan narsa — qarzini to‘lashdir. Imom Shofeiy rahimahulloh vafotlaridan oldin bir tijoratchi kishini yuvuvchi qilib vasiyat qilganlar. O‘sha kishi Imomning qarzlarini bo‘yniga olib: “Mayyitni yuvganim shu bo‘ladi”, degan.

Qur’on o‘qish masalasi — ixtilofli masala. Ba’zi ulamolar (jumladan Ibn Taymiyya, Ibn Qayyim) Qur’on o‘qib mayyitga bag‘ishlash joiz deganlar. Dalil — qiyos. Ya’ni: qarzini to‘lash, nomidan sadaqa qilish, haj va umra qilish, duo qilish — bularning mayyitga foyda berganidek, Qur’on ham foyda beradi deb ijtihod qilganlar.

Mulk surasining fazli haqida Termiziyda zaif hadis keltirilgan: “Hiya al-najiyatu, hiya al-munjiyatu” — ya’ni: u najot beruvchi suradir. Bir kishining chodiri ostida kimdir bu surani o‘qigan, ertalab qarasa — u yer qabr ekan. Rasululloh ﷺ bu surani “najot beruvchi” deb ta’riflaganlar.

Ammo sahobalar bu hadisdan so‘ng qabrda Mulk surasini o‘qishni odat qilmaganlar. Hadis zaif bo‘lishi bilan birga, sahobalar amalda shunday qilmaganlar. Demak, bu amal sunnat emas.

Bundan tashqari, Mulk surasini aynan 70 marta o‘qish haqidagi gaplar — dalilsiz qo‘shimchalardir. Umuman Qur’on o‘qish ijtihodiy masala bo‘lsa-da, sonni belgilab qo‘yish — bid’at bo‘ladi.

Mayyitga haqiqiy foyda — unga duo qilish, qarzini to‘lash, sadaqa berish, haj va umra qilib berishdir. Qur’on o‘qish masalasida ixtilof bo‘lsa-da, qilgan kishiga rad berish to‘g‘ri emas. Ammo dalilsiz qo‘shimchalar kiritishdan saqlanish lozim.

Mayyitga eng katta yaxshilik — tirikligida unga yaxshi muomala qilish, yordam berish, duo olishdir. O‘lgandan keyin Rasulullohning ﷺ yo‘lidan yurishimiz lozim: janoza, duo, qarzni to‘lash.

Vallohu a’lam.

 

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qur’on o‘qiyotgan odamga birov salom bersa, nima qiladi?

    August 29, 2025
  • “Munofiqlar Allohni kam eslaydi” oyati sharhi.

    August 18, 2025
  • “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish xatomi?

    August 5, 2025
  • 20 yoshda Qur’on yodlash afzalmi, ilm o‘rganishmi?

    July 25, 2025
  • Namozlardan keyin ma’lum suralarni doimiy o‘qish: Sunnatmi yoki bid’at?

    July 22, 2025
  • Chaqaloqqa yosh bola ovozida Qur’on o‘qib berish joizmi?

    July 16, 2025