Ustoz, yaqinda bozordan bir mashina sotib oldim. Pulining to‘rtdan uch qismini berdim. Bir qismini esa bir oydan keyin beradigan bo‘ldim. Uyga kelgach, mashina yoqmay qoldi.
Egasiga aytsam, “Qaytarib olib kelavering, pulini mashina sotilgandan keyin beramiz,” deyishdi. Ikki haftalardan so‘ng mashina sotilganini va men sotib olgan narxdan taxminan 150 dollarga arzon sotilganini aytishdi. Shu sababli, menga qaytarilishi kerak bo‘lgan puldan o‘sha 150 dollarni chegirib qolishganini va qolganini berishlarini bildirishdi.
Shunday qilishlari to‘g‘rimi?