Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Haj >Mahram bo‘lgan ayollarni yolg‘iz safarga jo‘natish hukmi

Mahram bo‘lgan ayollarni yolg‘iz safarga jo‘natish hukmi

Nashr sanasi: March 13, 2025

Savol :

Ustoz, o‘zimga mahram bo‘lgan ayolni bir shahardan boshqasiga yolg‘iz jo‘natib yuborsam bo‘ladimi? Samolyotdan tushgandan so‘ng boshqa shaharda mahramlari kutib olishadi. Faqatgina samolyotda yolg‘iz bo‘ladilar.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Mahramlarni safarga yolg’iz jo’natish mumkin emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu holat aynan mahramsiz safar qilish jumlasiga kiradi. Asosiy safar bir shahardan ikkinchisiga uchib borish va qaytish hisoblanadi. Uni aeroportga olib borib qo‘yish yoki boshqa shaharda kutib olish safarda hamrohlik qilish deyilmaydi.

Ba’zi odamlar o‘ylaydiki, ayolini yoki singlisini – ya’ni mahramini bir joyga yetkazib qo‘yib, keyin o‘zi ketishi mumkin. Agar ularni bir yurtdan boshqa yurtga olib kelib, davolanish yoki muayyan muddat yashash uchun qoldirib, so‘ng o‘zi qaytib ketsa, muammo yo‘q. Chunki bu holat muqim (doimiy) yashash hisoblanadi.

Agar ayolga barcha sharoit yaratilgan, unga yordam beradigan odam bor va hech kimga muhtoj bo‘lmaydigan holatda bo‘lsa, bu holat safar hisoblanmaydi va mahram shart bo‘lmaydi. Ba’zilar qolgan vaqt ham mahram kerak deb hisoblaydilar. Lekin agar ayol bir oy, ikki oy yoki uch oy doimiy turadigan bo‘lsa, u safarda emas, muqim hisoblanadi va yolg‘iz qolishi mumkin.

Asl muammo yo‘lda, ya’ni safar davomida mahram bo‘lishi kerak. Mahramsiz yo‘lga chiqib bo‘lmaydi. Xuddi shunday, qaytish safarida ham mahram bo‘lishi shart. Agar zarurat bo‘lmasa, albatta mahram bilan safar qilishi lozim.

Agar zarurat bo‘lsa, ya’ni davolanish kerak bo‘lib, mablag‘ juda oz bo‘lsa yoki davolanishni kechiktirishning iloji bo‘lmasa, shunday favqulodda holatlarda mahramsiz yuborishga ruxsat beriladi. “Zarurat bo‘lsa, haromga ruxsat beriladi” qoidasi asosida bu mumkin bo‘ladi.

Ammo ehtiyoj bo‘lmasa, sayohat qilish yoki farzandlarini ko‘rish uchun borish singari holatlar zarurat emas, va bunday holatda mahram bilan safar qilish shart. Masalan, ba’zi odamlar mahramsiz ayollarni Umraga jo‘natish yoki qarindosh ayollar bilan safarga chiqish joiz deb hisoblashadi, bu aslida noto‘g‘ri.

Hatto ulamolar aytishicha, Haj ayolga vojib bo‘lishi uchun mahrami bo‘lishi kerak. Agar mahrami bo‘lmasa, unga Haj vojib bo‘lmaydi, hatto puli bo‘lsa ham.

Shu holatda ayol vafot etsa ham, Alloh huzurida Hajni ado qilmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, chunki unga Haj vojib bo‘lmagan.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ehromdan chiqish uchun erkak va ayollar sochlarini qancha miqdorda qisqartiradilar?

    April 12, 2025
  • Ehrom yangi, ya’ni ilgari kiyilmagan bo‘lishi kerakmi

    April 12, 2025
  • Ramazonda ko‘proq Umra qilish joizmi? Makkada uzoq qolgan holda Miqotga chiqish shartmi yoki Haram tashqarisiga chiqish kifoyami?

    February 11, 2025
  • Saudiya Isroilga yordam berayotgan bir vaqtda umra qilish joizmi?

    February 2, 2025
  • Makkadan kichkina tosh olib ketish mumkinmi?

    January 13, 2025
  • Kelin topib bergani uchun pul olish ribo hisoblanadimi?

    January 5, 2025