Hozir bizda haj kvotasi kamayib ketgan. Mahallalarda ba’zi boylarga yoki hali navbati kelmagan odamlarga: “Falon ishlarga yoki kam ta’minlangan oilalarga ma’lum miqdorda yordam bersangiz, sizni navbatsiz yuboramiz,” deyishyapti. Shu tarzda hajga borib kelish joizmi? Qolaversa, qilinayotgan yordamlari haqiqatan joyiga yetib borayotgani ham aniq emas.
Mahalladagi kam ta’minlangan oilaga yordam berib, navbatsiz hajga borish joizmi?
Savol :
Javob :
Agar navbatsiz hajga borish uchun majburiy tarzda mahallaning muhtojlariga yoki tashkiliy xarajatlariga yordam berish talab qilinayotgan bo‘lsa va bu yordam haqiqatan haqli amalga oshirilsa, bu yaxshi ish sanaladi. Agar kimdir pul berib, navbati kelgan odamni chiqarib tashlab, o‘zini qo‘ydirsa, bu harom bo‘ladi. Agar kimdir muayyan yordamlar evaziga, hech kimning haqini poymol qilmasdan hajga borsa, bu ham joiz bo‘ladi.
Maqola foydali bo’ldimi?
0