Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Koreyada uch kishilik ishga ikki kishi borib, ishni bajarsa va uch kishilik maoshni olsa, bu joizmi?

Koreyada uch kishilik ishga ikki kishi borib, ishni bajarsa va uch kishilik maoshni olsa, bu joizmi?

Nashr sanasi: July 1, 2025

Savol :

Biz Koreyada o‘qib ishlayapmiz. Qurilish firmasi ishboshqaruvchisi uch kishini chaqirgan. Biz esa ikki kishi borib, shu ishni bajaramiz. Shu ish uchun ajratilgan uch kishilik maoshni olishimiz joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar ish egasi rozilik bildirsa va ikki kishi uch kishilik ishni to‘liq bajarsa, bu joiz. Ish egasi roziligi bo‘lmasa yoki ishda odam soni muhim bo‘lsa, unda joiz emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar ish egasi rozilik bildirayotgan bo‘lsa va ikki kishi haqiqatan ham uch kishilik ishni bajarayotgan bo‘lsa – bu joiz bo‘ladi.

Bunga misol tariqasida Imom Buxoriy rahimahulloh keltirgan bir voqeani eslatib o‘taman: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
“Sizlardan oldingi ummatlarda bir odam bir kishini ijaraga olib, ‘ertalabdan kechgacha ishlaysan, mana senga xizmat haqi’ dedi.”
U odam tushlikgacha ishladi-da, keyin: “Menga bu ish kerakmas,” – deb ketib qoldi. Ish beruvchi unga haqi berilishini aytib turibdi, lekin u rad etdi. Keyingi odam asrgacha ishladi – yana o‘sha holat takrorlandi.
Uchinchi odam kelib, ertalabdan kechgacha ishladi. Shunda ish egasi: “Birinchi va ikkinchisining ish haqlari mana shu to‘liq ishlagan odamniki bo‘lsin,” – deb uch kishilik ish haqini o‘sha bir kishiga berdi.

Bu hadis Alloh taoloning fazli va rahmatini anglatadi: kim ko‘proq ish qilsa yoki ishni to‘liq ado etsa, ajrni ham ko‘proq oladi. Bunga Laylatul Qadrning ming oydan afzal bo‘lishi, yoki Ka’bada bir rakat namoz o‘qishning yuz ming rakatga teng bo‘lishi kabi dalillarni misol keltirish mumkin.

Demak, agar ish beruvchi: “Shu ishni bajarsanglar, mana shu pulni olasizlar,” – deb ochiq kelishsa, hatto o‘n kishilik ishni bir kishi bajarsa ham, bu joiz bo‘ladi. Bu yerda halollik mezoni – ish egasining roziligi va topshiriqning bajarilishi.

Ammo ba’zi ishlar borki, ular jismoniy jihatdan aynan uch kishining ishtirokini talab qiladi. Masalan, xavfsizlik, sifat yoki tezlik sababli. Agar bu talab mavjud bo‘lsa, ish egasidan yashirib ishni ikki kishi bajarishi va baribir uch kishilik maoshni olishi – halol bo‘lmaydi.

Agar ish egasi xabardor va rozi bo‘lsa, ish ham to‘liq bajarilgan bo‘lsa – unda bunda hech qanday muammo yo‘q.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Farzandlar yotog’ini alohida qilishga sharoiti bo’lmaganlar nima qiladi?

    July 1, 2025
  • Singlisi bir gunohni qilgani uchun aloqani uzgan opa haqida.

    July 1, 2025
  • Sovuq joylarda ayol hijob ustidan kurtka yoki palto kiyishi joizmi?

    July 1, 2025
  • Buvisidan shikoyat qilgan qizning savoli.

    July 1, 2025
  • Ayolining solih amalidan eriga ulush bormi?

    July 1, 2025
  • Alloh nega farishtalarga emas, Odamga barcha narsalarning nomini o‘rgatdi?

    July 1, 2025