Ustoz, sizni tinglab, fatvolaringizga suyanib amal qiladigan ko‘plab erkaklar “adolat shartlashuv bilan ham bo‘ladi” degan so‘zingizga tayanib, osonroq yo‘lni tanlashyapti.
To‘liq adolat qilishga sharoiti yetarli bo‘la turib, ba’zilar shunchaki nafsiga ma’qul kelgani uchun kechasi navbat bermaslik sharti bilan uylanib, keyin esa ayoliga “ajrashamiz” deb osonlikcha ajrashib ketishyapti.
Bunday holatlarda nikohdan farzand tug‘ilsa, ularning tarbiyasi nima bo‘ladi? Ota kunduzi kelsa, bola maktabda bo‘ladi — deyarli otasini ko‘rmaydi. Onaning bozor-o‘char, tashqi yumushlar bilan ovora bo‘lishi sababli tarbiya faqat ayolga qolmoqda. Ayol uchun “uyda tinch o‘tirib, bolaga qarash” orzuga aylanyapti.
Shunday oilalarda erkak yana uchinchi yoki to‘rtinchiga uylanmasdan, bor vaqtini bolalar tarbiyasiga sarf qilgani to‘g‘ri emasmi?