Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Kishi shahvati g‘olib kelib, hayz holatidagi ayoliga yaqinlik qilsa, bu gunohiga kafforat bormi?

Kishi shahvati g‘olib kelib, hayz holatidagi ayoliga yaqinlik qilsa, bu gunohiga kafforat bormi?

Nashr sanasi: May 3, 2025

Savol :

Bir kishi shahvati g‘olib kelib, hayz holatidagi ayoliga yaqinlik qilsa, bu gunohiga kafforat bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javob qisqacha ma’nosi: Agar er xotini bilan hayz paytida yaqinlik qilsa, tavba qiladi. Ba’zi ulamolar bir dinor yoki yarim dinor sadaqa berishni tavsiya qilishgan. Hanafiy mazhabida sadaqa shart emas.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masalada ulamolar o‘rtasida ixtilof bor.

Ayoliga hayz paytida yaqinlik qilish harom ekani — ijmo (barcha ulamolar ittifoqi) bilan sobit. Chunki Alloh taolo oyatda aytgan:

“Hayz holatidagi ayollardan chetlaninglar.”

Shuning uchun bu ish harom. Tavba qilish kerak. Bu ishni qilgan odam gunohkor bo‘ladi.

Jumhur ulamolar (ko‘pchilik ulamolar) aytishicha:

Tavba qilish lozim.

Bu odam harom ish qilgan bo‘ladi.

Ba’zi ulamolar esa:

Unday odam kafforat ham berishi kerak, deyishgan.

Kafforat haqida Imom Ahmad sunnatlarida va Abu Dovud musnadida keltirilgan hadis mavjud.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

“Kim ayoliga hayz paytida yaqinlik qilsa, bir dinor yoki yarim dinor sadaqa qilsin.”

Keyinchalik Ibn Abbos roziyallohu anhuma dedilar:

“Agar hayz boshi bo‘lsa bir dinor, oxirrog‘ida bo‘lsa yarim dinor sadaqa bersin.”

Ba’zi ulamolar bu hadisni mustahab (ya’ni tavsiya qilingan) deb qabul qilishgan.

Ba’zilar esa hadisning sanadida (rivoyat zanjiri) muammo bor deb, hadisni dalil sifatida olmaganlar. Abu Hanifa rahimahulloh bu hadisni qabul qilmaganlar. Shuning uchun Hanafiy mazhabida bunday kafforat yo‘q.

Ammo hadisni qabul qilgan ulamolar:

Bir dinor yoki yarim dinor sadaqa beriladi, deb hukm qilishgan.

Agar bu hadisga amal qilinsa, xilofdan chiqiladi.

Hayzning boshida bo‘lsa bir dinor,

Hayz oxirida bo‘lsa yarim dinor sadaqa qilinadi.

Bir dinor — taxminan 4 kg 25 gramm oltin miqdorida bo‘ladi.
Yarim dinor — uning yarmi hisoblanadi.

Demak, bu ancha katta miqdordagi sadaqa hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Uylanaymi, ilm olaymi?

    August 31, 2025
  • Taloqqa oid savol.

    August 27, 2025
  • Valiysiz o’qilgan nikoh haqida.

    August 25, 2025
  • Mahr va iddaga oid savol.

    August 18, 2025
  • “Bilganingni qil, boshing ochiq”, desa taloq tushadimi , tushsa uning yechimi qanday?

    August 14, 2025
  • Nikohlanishda qizning otasi o’rniga tog‘asi “vakil ota” bo’lishi joizmi?

    August 14, 2025