Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Keksa ayolning nikohlanishi, eri uning ta’minotini qilmasligi va ayolning ajralishga haqqi to’g’risida

Keksa ayolning nikohlanishi, eri uning ta’minotini qilmasligi va ayolning ajralishga haqqi to’g’risida

Nashr sanasi: April 17, 2025

Savol :

Oltmish yoshli bir ayol nikohlandi, odamlar gap-so‘zidan qo‘rqib, 2-3 oycha oshkor qilmasdan yashashdi. Lekin eri uning ta’minotini qilmayapti. Shuning uchun ayol ajrashmoqchi, ammo eri taloq bermayapti. Ayol nima qilishi kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar er ayolining ta’minotini qilmayotgan bo‘lsa, ayolning ajrashishga haqqi bor. Ayolning valiylari kelib, erini chaqirib, vaziyatni tushuntirib, orani ochiq qilishlari kerak. Agar masala hal bo’lmasdan ayol: “Ajralaman,” desa — vallohu a’lam — bu yo‘l bilan ajralish ham mumkin bo‘ladi.

Agar eri uni ta’minlamayotgan bo‘lsa, ayolning ajrashishga haqqi bor. Endi ajrashishga haqqi bo‘lganidan keyin, bu huquqni qanday amalga oshirish masalasi kelib chiqadi. Chunki huquqlar faqat berilmaydi, ularni talab qilish kerak. Ya’ni, “bola yig‘lamasa, enasi sut bermaydi” degan gap bor-ku, shunga o‘xshagan holat.

Shuning uchun ham shunchaki qarab o‘tirmaslik kerak, harakat qilish kerak. Bu odamning valiylari bordir: o‘g‘li, akalari, yoki boshqa yaqinlari bo‘lishi mumkin. Axir uni turmushga berishgan-ku — endi o‘sha odamlar kelib, erini chaqirib, vaziyatni tushuntirib, orani ochiq qilishlari kerak.

Agar eri ham katta yoshli — 70 ga kirgan odam bo‘lsa kerak — bo‘lsa, o‘sha bilan ochiqchasiga gaplashib, muammo hal etilishi lozim. Yaxshilik bilan tushuntiriladi, agar bu yordam bermasa, bosim o‘tkaziladi.

Baribir ayolning ajralishga haqqi bor. Agar u: “Ajralaman,” desa — vallohu a’lam — bu yo‘l bilan ajralish ham mumkin bo‘ladi.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Uylanaymi, ilm olaymi?

    August 31, 2025
  • Taloqqa oid savol.

    August 27, 2025
  • Valiysiz o’qilgan nikoh haqida.

    August 25, 2025
  • Mahr va iddaga oid savol.

    August 18, 2025
  • “Bilganingni qil, boshing ochiq”, desa taloq tushadimi , tushsa uning yechimi qanday?

    August 14, 2025
  • Nikohlanishda qizning otasi o’rniga tog‘asi “vakil ota” bo’lishi joizmi?

    August 14, 2025