Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Kasalni ziyorat qilishga beparvo bo‘lish — bu iymon zaifligining belgilaridan biridir.

Kasalni ziyorat qilishga beparvo bo‘lish — bu iymon zaifligining belgilaridan biridir.

Nashr sanasi: April 17, 2025

Savol :

Hozir musulmonlar orasida eng ko‘p buzilayotgan huquqlardan biri — birodarlar va yaqinlar orasida kasalni ziyorat qilish sunnatidir. Aslida, bugungi zamonda bir-birimizdan xabar olish uchun bir daqiqa ham vaqt ketmaydi. Videoli qo‘ng‘iroq orqali hol-ahvol so‘rashimiz mumkin, lekin buni ham qila olmayapmiz. Avvalgiday kasalni ziyorat qilish uchun uzoq yo‘l bosishga ham hojat yo‘q. Biz esa dunyoviy ishlar bilan ovunib, soatlab bekorchi telefon ko‘rish bilan vaqt o‘tkazamiz. Bu — iymon zaifligidanmi yoki ajrga beparvolikdanmi? Shu borada nasihat qilsangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Kasalni ziyorat qilmaslik, g‘iybat va hurmatsizlik — iymon zaifligining belgisi bo‘lib, buning davosi Allohni tanish va iymonni ilm bilan mustahkamlashdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu — iymon zaifligidan. Alloh taolo Qur’on Karimda marhamat qiladi:
“Innamal mu’minuuna ikhwatun” — “Albatta, mo`minlar birodardirlar” (Hujurot: 10). Ya’ni, kim mo‘min bo‘lsa, u mo‘min bilan birodar bo‘ladi. Demak, agar inson birodarini ziyorat qilmasa, unga e’tibor qilmasa, demak, iymonida muammo bor.

Bugungi kunda bu muammo keng tarqalgan: kasalni ziyorat qilish tugul, bir-birining orqasidan g‘iybat qilish odat tusiga kirib qolgan. Oldida yaxshi gapirib, orqasidan yomon gapirish — bu g‘iybatdir. Bu holat — haloldek ko‘rilayotgan katta gunohdir.

Haqini yeb ketish, odobni unutish, hurmatsizlik, ota-onaga itoatsizlik — bularning hammasi iymon zaiflashganining natijasidir. Yagona yechim — iymonni mustahkamlash. Bu esa ilm va ma’rifat bilan bo‘ladi. Ayniqsa, Allohni tanish, Uning sifatlarini bilish, Uning bandalariga nisbatan mas’uliyatimizni tushunish — iymonni jonlantiradi.

O‘sha paytda inson o‘z birodarini, yaqinlarini, umuman mo‘minlarni chin qalbdan yaxshi ko‘ra boshlaydi. Va ana shunda u o‘zi ham bemorlarni ziyorat qiladi, hol so‘raydi, g‘iybatdan tiyiladi, va haq-huquqlarga e’tiborli bo‘ladi.

Vallohu A‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025