Bismillah,
Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga
Bu hadis bir darajani ifodalaydi va musulmonning ma’naviy kamolotini ta’kidlaydi. Bunda hech kimdan hech narsa so’ramaslikni umumiy qoidaga aylantirish nazarda tutilmagan. Buning tagida Allohga to’liq tavakkal qilish va ko’ngilni dunyoviy narsalardan uzish yotadi.
Bir sahoba Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib:
“Ey Rasululloh! Menga bir ishni o’rgating, uni qilsam Alloh ham, bandalari ham meni yaxshi ko’rib qoladi,” deganida, Rasululloh (s.a.v.):
“Dunyoda zohid bo‘lgin, Alloh seni yaxshi ko‘radi. Odamlarning qo‘lidagi narsaga zohid bo‘lgin, odamlar seni yaxshi ko‘radi,” deganlar.
Izoh:
• Dunyoda zohid bo‘lish: Dunyo boyliklari va ne’matlariga haddan tashqari bog‘lanmaslik, ularni Allohning rizosi yo‘lida ishlatish. Bu Allohning sevgisini keltiradi.
• Odamlarning qo‘lidagi narsaga zohid bo‘lish: Odamlardan hech narsaga ta’ma qilmaslik, ko‘ngilni to‘q tutish va ulardan biror narsa talab qilmaslik. Bu esa odamlarning hurmat va muhabbatini oshiradi.
Hadisning amalda qo‘llanilishi:
Bir rivoyatda Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
“Kim menga bir narsani kafolatini bersa, men unga jannatni kafolatini beraman.” Shunda sahobalar:
“Men! Men!” deb o‘zlarini taklif qilishganida, Rasululloh (s.a.v.) ulardan so‘zlarida turishni talab qilib: “Aytgan gaplaringda turib berasizlarmi” dedilar. Ular “ha” deyishganida “Hech kimdan hech narsa so‘ramanglar,” dedilar. O‘shandan keyin ko‘rdik, deyishadi rivoyat qilganlar. Sahobalar tuyaning ustida o‘tirganlarida, qamchilari tushib ketsa, birovga ‘olib bering’ demas edilar, deganlar. O‘shalardan biri Abu Bakr ra edilar.” U kishi barcha ishlarini o‘zi bajarishga intilar va hech kimga muhtoj bo‘lmaslikka harakat qilgan. Bu o‘z navbatida insonni:
1. Kamtar qiladi.
2. Odamlar bilan munosabatni chiroyli qiladi.
3. Allohga tavakkalni oshiradi.
Xulosa:
“Hech kimdan hech narsa so‘ramaslik” – bu ma’naviy bir daraja bo‘lib, inson Allohga to‘liq suyanib yashashi va o‘ziga ishonchi ortishi uchun o‘rganishi kerak bo‘lgan yuksak fazilatdir. Ammo bu faqat ixtiyoriy amaliyot bo‘lib, majburiyat emas. Alloh Taolo barchamizni ushbu yuksak darajaga yetishga muvaffaq qilsin.
Allohu A’lam.