Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Taloq >Ikkinchi bo‘lib tekkan va eri xabar olmay qo‘ygan ayolning savoli.

Ikkinchi bo‘lib tekkan va eri xabar olmay qo‘ygan ayolning savoli.

Nashr sanasi: January 2, 2026

Savol :

Ustoz, men bir kishiga ikkinchi ayol bo‘lib nikohlangan edim. Bir necha yil o‘tgach, u qon bosimi sababli insult bo‘lib yotib qoldi. Tabiiyki, mendan xabar olmay qo‘ydi. Faqat oilasidan yashirincha telefon qilib turadi.

Shu holatda to‘rt yildan ortiq vaqt o‘tdi. Endi undan javobimni (taloqni) berishini so‘rasam, urishib, hatto qarg‘ab ham beryapti.
Ustoz, men nima qilishim kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holatda siz taloq so‘rashga haqlisiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatda siz taloq so‘rashga haqlisiz. Chunki er tirik bo‘lsa ham:

  • sizga nafaqa bermayapti,

  • er-xotinlik (to‘shak) munosabatlari yo‘q,

  • uzoq yillar davomida sizni muallaq holatda qoldirib qo‘ygan.

Bu — zulm hisoblanadi.

Albatta, sabr qilish mumkin, lekin buni tashqaridan turib aytish oson. Amalda esa ayol kishining turmushga, oila qurishga bo‘lgan haqqi bor. Bunday holatda erkak kishi insof qilishi, vaziyatni tushunib, ayol so‘raganida javobini berishi lozim.

Agar erkak buni qilmay, ustiga-ustak qarg‘ayotgan bo‘lsa, bu qarg‘ish aslida o‘ziga qaytadi, chunki u ayolga zulm qilmoqda. Zulm esa katta gunohdir.

Siz bunday vaziyatda:

  • oraga oqil kishilarni qo‘ying — valiylaringiz, aka-uka, ota yoki ishonchli qarindoshlar;

  • ular borib, vaziyatni tinch va tushunarli tarzda tushuntirib, taloqni olib berishga harakat qilsin.

Agar shunga qaramay u taloq bermay turib olsa, masalani yana boshqa shar’iy yo‘llar bilan hal qilish ko‘rib chiqiladi. Lekin avvalo, nasihat va tushuntirish yo‘li bilan masalani hal qilishga harakat qilish kerak.

Chunki bu erkak hozirgi holatda xato yo‘l tutyapti: ayolni yillar davomida xabarsiz, nafaqasiz va er-xotinliksiz holda ushlab turish joiz emas.

Vallohu a‘lam.


Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ko‘p zulm ko‘rgan ayol eridan arjashib, boshqaga tegishi mumkinmi?

    February 11, 2026
  • Uch taloqqa oid savol.

    February 10, 2026
  • Ayol taloq so‘raganida er: “Xo‘p, berdim”, desa, taloq tushadimi?

    February 6, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026
  • Eri ajrashishga rozi bo‘lmay ajrashgan ayol jannatga kirmaydimi?

    January 16, 2026