Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Ijoza va ilm o’rgatish

Ijoza va ilm o’rgatish

Nashr sanasi: May 9, 2025

Savol :

Ustoz, men bir yildan buyon ijtimoiy tarmoqda kanal va guruh ochib, muallima Soniya(soniyadan)dan harflar, maxrajlar va tajvid ilmini o‘rganib, boshqalarga o‘rgatib kelmoqdaman.
Har bir darsimda avvalo tavhidga da’vat qilib, bilganimcha tushuncha berib o‘taman. Hozirda ikkita guruhim Qur’onni bemalol o‘qiy boshladi. Yaqinda yana 100 kishilik ayollar uchun yangi guruh ochdim.
So‘ramoqchi bo‘lganim shuki: mening ijozam yo‘q, lekin o‘zim o‘qib, ilm olganman.
Hozirda ba’zi ustozalarga dars topshiraman va ular xatolarimni juda kam topishyapti — Alhamdulillah. Shu ishimda davom etsammikan yoki ijoza bo‘lishi shartmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bismillah vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah. Amma ba’d. Ijoza — bu aslida dars o‘qitishga ruxsat degani ya’ni ustozdan yoki ishonchli manbalardan o‘rganib, keyin boshqalarga yetkazish. Agar siz o‘rgatayotgan narsangizni ustozga o‘qib bergan bo‘lsangiz — to‘g‘ri. Shunday tolibi ilm sifatida harakatda davom eting. Mukammallashishga intiling, ya’ni xatolaringizni to‘g‘rilab boring. Ko‘p dars beraverish orqali o‘zingiz ham yanada pishasiz, xatolaringiz kamaya boradi. Vallohu a’lam.

Bismillah vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah. Amma ba’d.

Ijoza — bu aslida dars o‘qitishga ruxsat degani. Ya’ni o‘qib, keyin boshqalarga o‘tkazish.
Masalan, siz muallimadan dars olyapsiz, Qur’onning bir porasidan yoki harflardan dars berayapsiz. Shu dars berayotgan narsangizni yaxshi bilib, keyin boshqalarga o‘rgating. Chala bilgan holda odamlarga xato o‘rgatib qo‘ymang.
Tavhid haqida gapiryapsiz — shu gapirayotgan narsalaringizni ham to‘g‘ri tushunib, o‘zingiz ishonchli manbalardan, ustozlardan o‘rganib keyin ayting.

Inson qaysi sohada gapirsa ham, faqat bilgan narsasini gapirishi kerak. Ijoza degani ham shu — ustozdan o‘rganib, keyin boshqalarga yetkazish.
Ustoz sizga o‘rgatdi, siz unga o‘qib berdingiz, u esa sizni to‘g‘rilab berdi va “to‘g‘ri o‘qi” dedi — mana bu ijoza hisoblanadi. Albatta, “senga ijoza berdim” deb alohida marosim qilish shart emas.
Siz ustozga o‘qib bergan bo‘lsangiz va u sizning o‘qishingizni to‘g‘ri deb tasdiqlagan bo‘lsa, demak bu ijoza bor degani.

Din ana shunday — biri ikkinchisiga o‘qib beradi, u to‘g‘rilaydi, o‘rgatadi.
Shuning uchun, agar siz o‘rgatayotgan narsangizni ustozga o‘qib bergan bo‘lsangiz — to‘g‘ri.
Shunchaki tolibi ilm sifatida harakatda davom eting. Mukammallashishga intiling, ya’ni xatolaringizni to‘g‘rilab boring.
Agar sizning so‘zlaringiz bilan odamlar ta’sirlanib, o‘rganishyapti, demak siz o‘z ustingizda ham ishlashingiz zarur. Biror xato yillab takrorlanmasligi kerak.
Qur’onning bir porasini yaxshi o‘qib olish — bu oson. Yaxshi o‘qib, keyin dars berish kerak.
Ko‘p dars beraverish orqali o‘zingiz ham yanada pishasiz, xatolaringiz kamaya boradi.
Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qur’on o‘qiyotgan odamga birov salom bersa, nima qiladi?

    August 29, 2025
  • “Munofiqlar Allohni kam eslaydi” oyati sharhi.

    August 18, 2025
  • “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish xatomi?

    August 5, 2025
  • 20 yoshda Qur’on yodlash afzalmi, ilm o‘rganishmi?

    July 25, 2025
  • Namozlardan keyin ma’lum suralarni doimiy o‘qish: Sunnatmi yoki bid’at?

    July 22, 2025
  • Chaqaloqqa yosh bola ovozida Qur’on o‘qib berish joizmi?

    July 16, 2025