Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Meros >Hovlini sotsak, ammalar ulush oladimi?

Hovlini sotsak, ammalar ulush oladimi?

Nashr sanasi: April 15, 2025

Savol :

Buvam hovlining yarmini amakimga, yarmini otamga vasiyat qilganlar. Hozirda buvam ham, otam ham olamdan o’tib ketishgan. Ikkita ammam bor. Shu hovlini sotsak, ammamlarga ham ulush berishimiz kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ammalaringizni ham merosdan ulushlari bor.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, ammangizlarga ham ulush berishingiz kerak, chunki bu vasiyat merosxo’rga qilingan bo‘lib, bu esa shariatda o‘tmaydi. Rasululloh ﷺ: “La wasiyyata li-wāriṡ” – “Vorisga vasiyat yo‘q,” deganlar.

Sizning otangiz va amakingiz buvangizning merosxo‘rlari bo‘lgan. Shuningdek, buvangizdan qolgan ikki qiz — ya’ni ammangizlar ham merosxo‘r hisoblanadi. Shuning uchun hovlining barchasi meros tartibida bo‘linadi, vasiyatga qarab emas.

Agar buvangizdan ikki o‘g‘il (otangiz va amakiyiz) va ikki qiz (ikkala ammangiz) qolgan bo‘lsa, meros shariatda belgilangan tarzda bo‘linadi: har bir erkakka ayolga nisbatan ikki baravar ulush beriladi. Ya’ni meros 6 ulushga bo‘linadi — ikkita ammangiz har biri 1 ulushdan oladi, otangiz va amakiyiz esa 2 ulushdan.

Xulosa: Vasiyat bekor bo‘ladi, meros shar’iy tarzda taqsimlanadi.
Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Otadan qolgan merosni vaqf qilish

    February 19, 2025
  • Bitta o‘g‘il farzandga uy meros qilib qoldirish.

    January 8, 2025