Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Zakot >Harom puldan zakot beriladimi?

Harom puldan zakot beriladimi?

Nashr sanasi: September 7, 2025

Savol :

Haram puldan zakot beriladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar qo‘lingizdagi pul harom yo‘l bilan kelgan bo‘lsa, eng to‘g‘ri yo‘l — undan qutulish. Agar egasini bilsangiz, qaytaring. Egasini bilmasangiz, sadaqa qiling. Uni saqlab qolib, keyin zakot berish — jumhurga ko‘ra to‘g‘ri emas. Chunki harom pulga zakot vojib bo‘lmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Haram puldan zakot beriladimi? Bu masala ulamolar o‘rtasida ixtilofli masaladir. Asosan savol shunday: harom pul odamning qo‘lida qolishi mumkinmi yoki undan butkul qutulib, uni egasiga yoki foydali yo‘llarga chiqarib yuborishi kerakmi? Jumhur (ko‘pchilik) ulamolar aytadilar: harom puldan qutulish kerak, uni ushlab turish joiz emas.

Harom pulning turlari

  1. Egasiga qaytarilishi shart bo‘lgan pul. Masalan, birovning haqqi yeb qo‘yilgan, qarz yoki o‘g‘irlangan pul. Bunday holatda pulni egasiga qaytarish vojib.

  2. Manbai harom, lekin egasini qaytarishning iloji bo‘lmagan pul. Masalan, riba (foiz), o‘lchovda aldagan pul, zapravkada litridan urib qolingan pullar. Bunday hollarda egasiga qaytarish imkoni bo‘lmasa, undan qutulish kerak, ya’ni sadaqa qilib yuborish lozim.

Ulamolarning qarashlari

  • Jumhur ulamolar: Bunday molning barchasidan qutulish kerak, undan zakot chiqmaydi. Chunki u mol egasiga qaytishi yoki yo‘qolishi kerak, uni halol qilib olish mumkin emas.

  • Ba’zi ulamolar (jumladan Ibn Taymiyya rahimahulloh): Agar odam muhtoj bo‘lsa, qarzlari bo‘lsa, o‘sha puldan foydalanishi mumkin. Agar muhtoj bo‘lmasa, albatta undan qutulishi lozim.

  • Ibn Mas’ud roziyallohu ʿanhudan ham shunday ma’no kelgan: agar muhtojlik bo‘lsa, foydalanishi mumkin, ammo aslida undan qutulish afzal.

Meros masalasi

Agar ota harom pul qoldirib vafot etsa, merosxo‘rlar mas’ul emaslar. Chunki bu molning mas’uliyati otaga tegishli bo‘lgan, u vafot etgach, merosxo‘rlarga bu jihatdan gunoh yuklanmaydi. Ular uni odatiy mol kabi taqsimlab yeyishlari mumkin, chunki ular o‘zlari kasb qilmagan.

Muhim farq

  • O‘zi harom bo‘lgan narsalar: Masalan, cho‘chqa go‘shti, sharob. Bular hech qachon halol bo‘lmaydi.

  • Kasbi harom bo‘lgan narsalar: O‘zi halol, lekin topish yo‘li harom bo‘lgan narsalar (masalan, pul). Bunday holda tavba qilinganida, egasi bo‘lmasa, pul egasida qolishi mumkin.

Xulosa

  • Agar qo‘lingizdagi pul harom yo‘l bilan kelgan bo‘lsa, eng to‘g‘ri yo‘l — undan qutulish.

  • Agar egasini bilsangiz, qaytaring.

  • Egasini bilmasangiz, sadaqa qiling.

  • Uni saqlab qolib, keyin zakot berish — jumhurga ko‘ra to‘g‘ri emas. Chunki harom pulga zakot vojib bo‘lmaydi.

Vallāhu aʿlam.


Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Chet eldan yuborgan, zakoti berilmay yig‘ilgan pullarimdan endi qanday zakot beraman?

    August 14, 2025
  • Bo‘sh turgan uy uchun zakot beriladimi?

    August 4, 2025
  • Sotish niyati aniq bo‘lmagan uydan zakot to‘lash kerakmi?

    May 15, 2025
  • Zakot berish tartibi

    April 29, 2025
  • Zakot olish shartlari

    April 22, 2025
  • Zakot berish shakli

    April 13, 2025