Ustoz, 3 hafta oldin bir yigit bilan tanishib, nikoh qurishga qaror qildik. Nikohimizga imom va guvohlar shart emas, Alloh guvohligida nikoh o‘qisak bo‘ladi, dedi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ayollaridan biriga shu tarzda nikohlanganlar, deb aytdi.
So‘ng 2 marta ko‘rishib, er-xotinlik aloqasida bo‘ldik. Hozir esa qo‘ng‘irog‘imga javob bermayapti. Ajrashgan ayolini topib gaplashgan edim, u bu kishining ko‘pchilik ayollarni aldab, yolg‘on nikoh bilan er-xotinlik munosabatlarini qilib yurganligini aytdi.
“Nikohingiz haqiqiy emas,” dedi.
Shu to‘g‘rimi? Agar shunday bo‘lsa, talog‘imni olishim shart emasmi? Idda saqlashim kerakmi? Nega ayollarni aldashadi? Ayb o‘zimdami?