Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Farzandlarga davlat tomonidan beriladigan nafaqani kim olishi kerak?

Farzandlarga davlat tomonidan beriladigan nafaqani kim olishi kerak?

Nashr sanasi: May 26, 2025

Savol :

Ustoz, biz Rossiyada yashaymiz, ikki farzandim bor. Ularga davlat tomonidan ajratilgan nafaqani olayapman, lekin bu pulni erim olib qo‘yadi. “Bu hammamizning pulimiz”, deydi. Men so‘rasam bermaydi, sababini aytsam ham, “Nima qilasan?” deb rad etadi. Juda ko‘p tortishamiz. “Menga ham pul kerak, o‘zimga kerakli narsalarni olaman”, desam ham, 2-3 kun yalintiradi, keyin beradi. Men hozir namoz o‘qimayman. Harakat qilganman, lekin boshlay olmayapman. Ammo ichimda Allohdan qo‘rqaman. Erim: “O‘zing namoz o‘qimaysan, seni Alloh huzuriga yaqinlashtirmaydi”, deydi. “Menga ilm o‘rgat”, desam: “O‘zing o‘rgan”, deb e’tibor bermaydi. Doim kamchiligimni aytadi, haqorat qiladi, vaqt ajratmaydi, doim telefonda. Ko‘nglim sovib boryapti. Bizga nasihat qiling.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Avvalo, farzandlarga beriladigan nafaqa ularning foydasiga sarflanishi kerak. Oila boshlig‘i sifatida er uni boshqarishi mumkin, ammo bunda mehr, mas’uliyat va adolat zarur. Agar er pulni oila uchun ishlatsa, bu o‘z o‘rnida. Lekin ayol o‘z ehtiyojlari uchun biroz pul so‘rasa, uning ehtiyojini rad etish to‘g‘ri emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Avvalo, farzandlarga beriladigan nafaqa ularning foydasiga sarflanishi kerak. Oila boshlig‘i sifatida er uni boshqarishi mumkin, ammo bunda mehr, mas’uliyat va adolat zarur. Agar er pulni oila uchun ishlatsa, bu o‘z o‘rnida. Lekin ayol o‘z ehtiyojlari uchun biroz pul so‘rasa, uning ehtiyojini rad etish to‘g‘ri emas.

Rasululloh ﷺ zamonida Hind ismli ayol Abu Sufyonning baxilligi haqida shikoyat qilib: “U mendan va bolamdan pulni ayamaydi, uni iznisiz olib ishlatsam bo‘ladimi?” deb so‘raganida, Rasululloh ﷺ: “O‘zing va farzandlaring uchun ma’ruf (o‘rtacha, adolatli miqdor) bilan olaver”, deganlar.

Bu — eringizni yomonlash emas, balki shariatda ayol o‘zining va farzandlarining zaruriy ehtiyojlari uchun o‘rtacha miqdorda foydalanishga haqli ekanini anglatadi.

Namozga kelsak — siz uchun eng muhim masala aynan shu. Pul, tortishuvlar, dunyo tashvishlari o‘tib ketadi, lekin namozsiz hayot, oxiratda juda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bugun Alloh sizga mudom eslatmoqda, yuragingizda qo‘rquv bor — bu Allohning sizga rahmatidan.

Shayton sizni “boshlay olmayman”, “hali emas”, “munosib emasman”, deb ushlab turibdi. Shunchaki boshlang — qanday bo‘lsa ham, boshlang. Allohning rahmati aynan shu ilk qadamingiz bilan yog‘iladi.

Eringiz esa — sizga dinni o‘rgatmaslik, sizni haqorat qilish, kerakli mehrni bermaslik bilan noto‘g‘ri yo‘lda. Er ayoliga yondoshishda Rasululloh ﷺni o‘rnak qilishi kerak. Rasululloh ﷺ ayollariga har sohada g‘amxo‘r, saxiy, sabrli bo‘lganlar. Hamma narsani yeb-ichib, so‘raydigan narsani berib, mehr bilan muomala qilganlar.

Sizga nasihatim:

  1. Namozni hozir, bugun boshlang. Avval ikki rakat, keyin asta-sekin to‘liq 5 vaqtga o‘ting. Har bir rakatda qalbingizga yorug‘lik kiradi.

  2. O‘zingizni qadrlang. Pul bermasa — sabr qiling, lekin izzat-nafsingizni yo‘qotmang.

  3. Allohdan doimo so‘rang: “Allohim, qalbimni och, yo‘l ko‘rsat, menga namozimda sabr va huzur ber”, deb iltijo qiling.

  4. Eringizga sabr bilan muomala qiling, lekin zulmga chidash emas, go‘zal uslub bilan tushuntirishga harakat qiling.

Siz harakat qiling — Alloh sizga yo‘l ochadi, qalbingizni poklaydi, ro‘zg‘oringizni barakali qiladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, otam namoz o‘qimaydilar. U kishini qanday qilib ko‘ngillariga og‘ir botmaydigan tarzda namozga chaqirsam bo‘ladi?

    June 4, 2025
  • Mahsiga mash tortish uchun tahorat bo‘lishi kerakmi? Va uning shartlari qanday?

    June 4, 2025
  • Juma namoziga borishdan xavfsirayotgan kishi nima qilishi kerak?

    June 4, 2025
  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025