Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Farzand ota-onasi bilan qanday munosabatda bo‘lishi kerak?

Farzand ota-onasi bilan qanday munosabatda bo‘lishi kerak?

Nashr sanasi: July 15, 2025

Savol :

Ota-onaga itoat qilish haqida. Farz, vojib, harom, sunnat, mustahab va muboh amallar borasida ota-onaga qanday munosabatda bo‘lish kerak? Bu holatlarda farzandga qanday ruxsatlar bor?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ota-onaga ma’rufda itoat qilish farzdir. Agar nafl amal (masalan, nafl namoz) bilan band bo‘lsangiz-u, ota-onangiz sizni chaqirsa — naflni to‘xtatib, ularga itoat qilish afzal. Agar ota-onaning talabi harom ishga buyurish bo‘lsa — itoat qilinmaydi, lekin yumshoq muomala qilinadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ota-onaga itoat qilish — farzdir. Alloh taolo Qur’onda bandalarini nafaqat o‘ziga ibodat qilishga, balki ota-onaga ham yaxshilik qilishga buyurgan:

“Va rabbing faqat O‘ziga ibodat qilishingizni va ota-onaga yaxshilik qilishingizni farz qildi.” (Isro: 23)

Ammo bu itoat — ma‘ruf, ya’ni shar’an joiz bo‘lgan ishlar doirasida bo‘ladi. Ya’ni:


1. Farz va vojib amallar:

  • Farz yoki vojib amallarni bajarishga ota-ona to‘sqinlik qilsa, ularga itoat qilinmaydi.

  • Masalan: ota “namoz o‘qima”, “ro‘za tutma” desa — bu gapda itoat yo‘q. Chunki Rasululloh ﷺ aytganlar:

“Makhluk (ya’ni yaratilmish)ga itoat, Xoliq (ya’ni Yaratgan)ga ma’siyatda bo‘lmaydi.” (Ahmad, Bazzar)


2. Sunnat va nafl amallar:

  • Nafl amalni bajarmoqchi bo‘lgan odamga ota-ona boshqa ish buyursa — ota-onaga itoat ustun turadi.

  • Masalan: siz nafl namoz o‘qimoqchisiz, ota-onangiz esa biror yumushga chaqirdi — bu holda naflni tark qilib, ularning buyrug‘ini bajarish afzal.


3. Muboh, mustahab, odatiy ishlar:

  • Bunday hollarda ota-onaning roziligi yanada muhim bo‘ladi.

  • Muboh ishda ularga qarshi borish — odobga to‘g‘ri kelmaydi.

  • Masalan: biror joyga sayohatga chiqmoqchisiz, lekin ota-onangiz bunga rozi emas — bunday holatda ularga itoat qilish mustahab, hattoki ba’zida vojib bo‘lishi mumkin.


4. Harom yoki gunohli ishlar:

  • Agar ota-ona harom yoki gunoh ishlarga buyursa — bunday gaplariga itoat qilinmaydi. Lekin baribir xushmuomala, yumshoq va hurmat bilan muomala qilinadi.


Xulosa:

  • Farzlar ustun: ota-ona farz ibodatlarga to‘sqinlik qila olmaydi.

  • Nafl amallarda: ota-onaning roziligi ustun turadi.

  • Harom ishda: itoat qilinmaydi, ammo hurmat saqlanadi.

  • Muboh ishlarda: itoat qilsa, savobga ega bo‘ladi.

  • Farzand har holatda ota-onaga hurmat va yumshoqlik bilan munosabatda bo‘lishi lozim.

Vallāhu A‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025