Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Farzand ko‘rmaslik sharti bilan nikoh tuzsa bo‘ladimi?

Farzand ko‘rmaslik sharti bilan nikoh tuzsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 12, 2025

Savol :

Men bir ayolga uylanmoqchiman. Uning ham, mening ham avvalgi turmushimdan farzandlarimiz bor. Shu sababli “farzand ko‘rmaslik” sharti bilan uylansam bo‘ladimi? Umuman, ayol kishi: “farzand qilmaymiz,” deb shart qo‘ysa bo‘ladimi? Hattoki u ayolni farzandi bo’lmasa ham, bunga men rozi bo‘lsam, nikoh sahih bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, nikoh sahih (to‘g‘ri) bo‘ladi, lekin “farzand ko‘rmaymiz” degan shart batil (bekor) hisoblanadi. Chunki bu shart nikohning asosiy maqsadiga — zurriyot ko‘paytirishga zid. Shariatda maqsadga zidd bo‘lgan shartlarga amal qilinmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bunday nikoh sahih (to‘g‘ri) bo‘ladi. Ammo qo‘yilgan shart botil (noto‘g‘ri) hisoblanadi. Chunki nikohning asosiy maqsadlaridan biri — zurriyot (farzand) ko‘paytirishdir.

Agar “farzand ko‘rmaslik” sharti bilan nikoh tuzilsa, bu nikoh o‘z o‘rnida to‘g‘ri sanaladi, ammo qo‘yilgan bu shart shariatga zid bo‘lganligi sababli yaroqsiz hisoblanadi va unga amal qilinmaydi.

Bu holat, mashina xarid qilib, lekin haydalmaydi, faqat bezak uchun saqlanadi degan narsaga o‘xshaydi. Mashina qanday yurish uchun olingan bo‘lsa, nikoh ham o‘z maqsadi — ya’ni zurriyot, muhabbat, tinchlik va oilaviy barqarorlik uchun tuziladi.

Shuning uchun:

  • Nikoh sahih — to‘g‘ri, lekin

  • “Farzand ko‘rmaymiz” degan shart — botil.

Shariatda nikohning maqsadiga zid bo‘lgan har qanday shart bekor qilinadi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Erim bilan chiqisha olmayapman, oylab gaplashmaydi, uch farzandimiz bor. Yashashni ham, ajrashishni ham bilmayapman. Nima qilay?

    July 12, 2025
  • Qayta nikohda vakolat yangilanmasa, nikoh botil bo‘ladimi?

    July 8, 2025
  • Uch taloqdan so‘ng qayta nikohda mahr berish shartmi?

    July 7, 2025
  • Erim mening navbatimda kundoshim bilan yozishadi. Bu holat meni ranjitadi. Shariatga ko‘ra bu to‘g‘rimi?

    July 5, 2025
  • Xolavachcha va ammvachchalar ham opa-singil hisoblanadimi?

    July 1, 2025
  • Ko’pxotinlilikda adolat borasida shartlashishga oid savol.

    July 1, 2025