Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Tarix >Eski zamonlardagi fatvolarni o‘qib, hozirgi zamon voqealigiga tushirish — johil odamning ishimi?

Eski zamonlardagi fatvolarni o‘qib, hozirgi zamon voqealigiga tushirish — johil odamning ishimi?

Nashr sanasi: May 23, 2025

Savol :

Ustoz, eski zamonlardagi fatvolarni o‘qib, hozirgi zamon voqealigiga tushirish — johil odamning ishi deb aytayotganlar bor. Men esa tarixni voqealikka to‘g‘ri tushunish va uni zamonaviy hayotga tadbiq etish bugungi kundagi eng dolzarb mavzulardan deb bilaman. Ammo yuqoridagilar buning aksini aytishmoqda. Bu borada siz nima deysiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar tarixni voqeaga tushirmasak, uni o‘rganishdan nima foyda? Qur’on va sunnatda zikr qilingan tarixiy qissalar — biz uchun ibrat va ogohlik manbai.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar tarixni voqeaga tushirmasak, uni o‘rganishdan nima foyda? Qur’on va sunnatda zikr qilingan tarixiy qissalar — biz uchun ibrat va ogohlik manbai. Masalan, Qur’onda Lut qavmi, Shu’ayb qavmi, Fir’avn va boshqa halokatga uchragan qavmlar zikr qilinadi. Nega? Chunki ularning qilgan amallariga o‘xshagan ishlar qilinsa, xuddi o‘sha oqibat kutadi — degan xabar bor.

Demak, voqeaga tushirish — saboq olish, ogohlantirish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish vositasi. Lekin buni har kim o‘zicha, ilm va tafaqquhsiz qilish — johillik. Tarixiy dalil va oyatlarni bugungi kundagi voqealikka to‘g‘ri tushirish uchun quyidagilar zarur:

  1. Shariat ilmlarini chuqur bilish – Qur’on, sunnat, ijmo‘, qiyos, va maqosid ash-shari’a asoslarini tushunish.

  2. Voqelikni bilish (farosat) – jamiyat, zamon, siyosiy va ijtimoiy holatni yaxshi anglash.

  3. Ulamolardan ilm olish – o‘z bilganicha emas, ishonchli manbalar va olimlar fikriga asoslanish.

Aks holda odam, ayrim oyat va tarixlarni noto‘g‘ri talqin qilib, o‘zini “mo‘min”, boshqalarni “murtad” deb e’lon qilib yuboradi. O‘zini haq qilish uchun haqiqatni egri talqin qiladi.

Xulosa: Tarix va shar’iy saboqlarni hozirgi zamon holatiga to‘g‘ri va ilmli tarzda tushirish kerak. Bu — bilim va mas’uliyat bilan amalga oshiriladigan ishdir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0