Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Aqida >Erning ruxsatisiz ayol kishi darslar eshitish mumkinmi?

Erning ruxsatisiz ayol kishi darslar eshitish mumkinmi?

Nashr sanasi: April 20, 2025

Savol :

Bir ayolning aqidasi turmush o‘rtog‘idan farqli bo‘lsa-yu, eri sog‘lom aqida bo‘yicha diniy darslarni eshitishini taqiqlasa, ilm olishga sharoit yaratib bermasa, bunday holatda ayol eridan yashirincha dars eshitsa bo‘ladimi? Yoki erining ruxsatisiz eshitgani uchun gunohkor bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ayol sog‘lom aqidani eridan yashirincha o‘rganishi mumkin, bu bilan gunohkor bo‘lmaydi, balki savobga erishadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Sog‘lom aqidani o‘rganish — farz amaldir. Farz amallarda ayol kishi eridan ruxsat so‘ramaydi. Chunki Rasululloh ﷺ aytganlar:

إِنَّمَا الطَّاعَةُ فِي الْمَعْرُوفِ

 “Toat faqat yaxshilikdadir.”

Va yana Rasululloh ﷺ:

لَا طَاعَةَ لِمَخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ

 “Xoliqqa osiy bo‘lishda hech bir maxluqqa itoat qilinmaydi.”

Demak, erning sog‘lom aqidani o‘rganishga to‘siq bo‘lishi joiz emas. Aksincha, uning o‘zi ham o‘rganishi farz. Ayol bunday bilimlarni yashirincha eshitgani uchun gunohkor bo‘lmaydi, balki bu orqali vazifasini ado qilgan bo‘ladi.

Chunki to‘g‘ri aqida — har bir mo‘min uchun zarur. Agar aqida buzilgan bo‘lsa, ibodatlar ham foydasiz bo‘ladi. Shu sababli, ayol ilm o‘rganishda sabrli bo‘lib, eriga ham go‘zal muomala qilishda davom etsin. Ehtimol, Alloh taolo erining qalbini ochib, uni ham to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi.

Xulosa: Ayol sog‘lom aqidani eridan yashirincha o‘rganishi mumkin, bu bilan gunohkor bo‘lmaydi, balki savobga erishadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • “Kichik shirk dinidan chiqarmaydi” degan odam kofir bo‘ladimi?

    May 21, 2025
  • Mazhablar tarihi va tafsiri

    May 7, 2025
  • “Opam oyatni inkor qilib, kofir bo‘ldimi?”

    May 4, 2025
  • Allohning qo‘li deyilganda ko‘z oldimga inson qo‘li keladi. Bu gunohmi va bundan qanday qutulaman?

    May 3, 2025
  • Tavhid birinchi bo‘lib kim tomonidan uch qismga taqsimlangan?

    January 25, 2025
  • Davlat hodimlariga kufr hukmini berish.

    January 4, 2025