Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Erkakning sigaret chekishi va aroq ichishi ajrashish uchun shar’iy sabab hisoblanadimi?

Erkakning sigaret chekishi va aroq ichishi ajrashish uchun shar’iy sabab hisoblanadimi?

Nashr sanasi: May 21, 2025

Savol :

Oila qurganimizga 3 yil bo‘ldi. Bir o‘g‘limiz bor, hozir yana homiladorman. Erim nikohimizdan 7-8 oy oldin sigaret va ichkilikni tashlab, namoz o‘qishni boshlagan. Lekin nikohimizdan ko‘p o‘tmay yana sigaret chekadigan bo‘ldi, biroq bomdoddan tashqari namozlarni o‘qirdi. Hozir Rossiyada yashayapmiz. Bu yerda erim butunlay o‘zgardi – namoz o‘qimaydi, pivo ichadi, sigaret chekadi. Yaqinda o‘g‘lim tasodifan uning elektron sigaretasini tortib yubordi, qo‘limdan kelgancha to‘xtatdim, lekin o‘lishiga sal qolgan edi. Shundan keyin ham erim tavba qilmadi. Jiddiy tortishuvdan so‘ng: “Men bilan ishing bo‘lmasin, qabrimga sen tushmaysan”, dedi. Endi ajrashmoqchiman. Mahrni ham to‘liq bermagan. Savolim: oldin uyidan chiqib ketib, keyin javob olishim mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu sizning shaxsiy hayotingiz, o‘zingizga tegishli ixtiyor. Faqatgina shariat nuqtayi nazaridan bilmoqchi bo‘lsangiz: “Bunday erdan ajrashsam gunohkor bo‘lib qolmaymanmi?” — degan savolga javob: yo‘q, gunohkor bo‘lmaysiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masalada hech qanday murakkablik yo‘q — bu sizning shaxsiy hayotingiz, o‘zingizga tegishli ixtiyor. Faqatgina shariat nuqtayi nazaridan bilmoqchi bo‘lsangiz: “Bunday erdan ajrashsam gunohkor bo‘lib qolmaymanmi?” — degan savolga javob: yo‘q, gunohkor bo‘lmaysiz.

Hadisda:

“Kimki hech qanday sabab bo‘lmasdan eridan taloq so‘rasa, jannatning hidini ham hidlamaydi” — deyilgan.

Ammo bu yerda “sababsiz” deyilmoqda. Sizning holatingizda esa katta sabablarga asoslangan ajrashish istagi mavjud: eringiz namozni tark qilgan, ichkilik ichadi, sigaret chekadi, oilaviy muhitni buzmoqda — bularning barchasi shar’iy asosli sabablar.

Namozni tark qilish — jiddiy fosiqlik bo‘lib, u bilan yashashni rad etishga ayolning to‘liq huquqi bor. Yashashda davom etsa — bu uning ixtiyori, ajralsa ham — bu ham shar’iy jihatdan joiz.

Endi siz so‘rayapsiz: “Avval ketib, keyin javob olsam bo‘ladimi, yoki avval javob olib keyin ketaymi?” Bu — ijtihodiy masala, ya’ni holatingizga qarab o‘zingiz baho berasiz. Qaysi yo‘l siz uchun xavfsizroq va ma’qul bo‘lsa, shuni tanlang.

Ayrim erkaklar bor: namoz o‘qimasa ham, sigaret cheksa ham, odobi yaxshi, oilani saqlashga harakat qiladi, umid qilinadi — yaxshi inson bo‘lib ketadi. Lekin yana shunday erkaklar ham bor: umuman oila bilan ishi yo‘q, mol-mulkni sotadi, jinoyatlarga qo‘l uradi, hatto zino qiladi. Bundaylar bilan yashash — ayol uchun zararli va ba’zan gunohga ham olib borishi mumkin.

Agar ayol zino qilayotgan yoki og‘ir gunohlarga botgan er bilan yashasa, kasallik tarqalish xavfi, farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir va boshqa og‘ir oqibatlar yuzaga chiqadi.

Demak, sizning holatingizda — ajrashish uchun shar’iy asos bor. Faqat bu qarorni qanday amalga oshirish — sizning ijtihodingizga, ya’ni vaziyatni baholay olish qobiliyatingizga bog‘liq.

Yaxshisi, bu masalaga sizning valiylaringiz — ota, aka, amakilar yoki mas’ul yaqinlaringiz aralashsin. Ular ishtirokida bu masala ochiq-oshkora ko‘rib chiqilsin. Shundagina qarorlaringiz barakali bo‘ladi.


Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • O‘gay qiz erga mahram bo‘ladimi?

    June 3, 2025
  • Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

    June 3, 2025
  • Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

    June 2, 2025