Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Erim mening navbatimda kundoshim bilan yozishadi. Bu holat meni ranjitadi. Shariatga ko‘ra bu to‘g‘rimi?

Erim mening navbatimda kundoshim bilan yozishadi. Bu holat meni ranjitadi. Shariatga ko‘ra bu to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: July 5, 2025

Savol :

Ustoz, men kundoshliman. Bu juftimning qarori bo‘lgan. Men hech qachon uning istagiga qarshi chiqmaganman. Har bir ishida, har bir gapida “xop bo‘ladi” deb kelganman. Sizning darslaringizni juftim, kundoshim va men birga tinglaymiz. Ammo juftim mening navbatimda ham kundoshim bilan telefon orqali yozishadi.

Yarim kechasi bo‘lsa ham shu ishni mening oldimda qiladilar. Men kundoshimdan iltimos qilgan edim: “Iltimos, qancha gaplashsangiz ham kunduzi gaplashing. Biznikiga kelganida bu ishni qilmang, ko‘nglimga og‘ir botmoqda. Axir men bunday qilmayapman-ku”, degan edim. U esa: “Xo‘p opa, uzr, qayta yozmayman”, degandi.

Lekin va’dasida turmayapti. Yana shu ishni davom ettiryapti. Juftimga ham aytdim. U esa: “Sendan so‘rab ish qilaymi? O‘zim bilaman”, deydi. Ustoz, shu ishlar shariatga muvofiqmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bu adolatga zid. Er ikki xotinga uylangan bo‘lsa, har biriga navbatda teng muomala qilish farz. Navbatda bo‘lmagan ayol bilan aloqa qilish — zulm va haqlarni buzish hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu kabi vaziyatlarda mayda detallar ko‘p: “u shunday dedi”, “bunday qildi”, “rasm qo‘ymabdi”, “yozibdi” va hokazo. Lekin biz hammamiz hayotda imtihondamiz. Bu imtihonda sabr qilishimiz, ko‘nglimizni keng qilishimiz lozim. Ayniqsa ayol kishiga telefon masalasida e’tiborni tortmaydigan darajada beparvo bo‘lish foyda keltiradi.

Agar eringiz telefon orqali gaplashayotgan bo‘lsa, siz unga muloyimlik bilan: “Bu holat meni xafa qilyapti, iltimos, ko‘proq menga e’tibor qarating”, deb ayting. E’tiboringizni eringizga jalb qilishga harakat qiling. U sizning oldingizda turgan bo‘lsa, siz bilan suhbatlashishi lozim.

Eri bilan munosabatda ayol mehrli bo‘lishi kerak. Lekin er uxlayotganida yoki g‘aflatda bo‘lganida, ayol telefonini olib titkilab, o‘ziga yoqmaydigan narsalarni ko‘rsa, bu holatni shayton ustalik bilan qildiradi. Keyin bu qalbga shubha soladi, urush-janjalga olib keladi.

Ayol telefonni qidirib, biror gumon uyg‘otsa, bu ishonchni yemiradi. Buning natijasi er bilan ayol orasida sovuqlik, rashk, g‘azab va ishonchsizlik paydo bo’ladi. Shuning uchun telefon masalasida ko‘proq sabrli, murosa qiluvchi bo‘ling.

Agar sizning navbatingizda kundoshingiz bilan yozishayotgan bo‘lsa, bu xiyonatga o‘xshagan holat bo‘ladi. Bu, shariatda, birovning haqi hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Kim birovning ovqatini olib yesa…” — bu degani birovning haqini o‘g‘irlagan bo‘ladi. Ayol kishining navbatida boshqa ayol bilan aloqa qilish — o‘sha ayolning haqini yeyish bilan barobar.

Alloh adolatli. Bugun bu ishdan lazzatlanayotgan kishi ertaga sharmandalik bilan yuzlashadi. Alloh bunday makrlarga yo‘l qo‘ymaydi. Bir kuni bahona chiqadi, foyda deb o‘ylagan narsa baloga aylanadi. Shuning uchun sizga ham, kundoshingizga ham, eng avvalo eringizga nasihat shuki: bu ishlar shariatga muvofiq emas.

Er bo‘lsa — ikki xotinga uylanganini sunnat deb bilgan bo‘lsa — adolatli bo‘lishi shart. Birovning haqini birovga bermasligi kerak. Birining ko‘nglini olish uchun ikkinchisini ranjitish, islomiy hikmatga to‘g‘ri kelmaydi. Qiziga shunday munosabatda bo‘lishsa, u rozimi? Albatta yo‘q.

Bu ishda har ikki taraf kechirimli, sabrli, va bir-birini tushunadigan bo‘lishi kerak. O‘zaro samimiylik muhim. Ayol erining uyiga kelganda unga tinchlik va huzur berishi kerak. Uyga kirgan zahoti telefon bilan emas, erining ko‘ngli bilan mashg‘ul bo‘lishi kerak.

Aks holda, er soviydi, boshqa bilan gaplashishga moyil bo‘lib qoladi. Bu ayol esa “mehr bermayapsiz” deb noliydi. Axir mehr pul yoki suv emaski, o‘lchab-o‘lchab berilsa! Ayol borini bergan bo‘lsa ham ba’zida yetmay qolgandek ko‘rinadi. Bu paytda barini yig‘ishtirib, tavakkul bilan Allohga topshirish kerak.

Hech kim birovning haqini yeb baxtli bo‘lolmaydi. Alloh taoloning sunnatlari o‘zgarmaydi.

وَلَا يَحِيقُ ٱلْمَكْرُ ٱلسَّيِّئُ إِلَّا بِأَهْلِهِۦ ۚYomon makr esa, faqat o`z egasiga qaytadir.

Surat Fāṭir (35:43)

 Kimki makr qilsa, o‘zi giriftor bo‘ladi. Shu sababli ayollar shaxsiy hayotlarida Allohni yodga olib, Qur’on o‘qib, ilim bilan shug‘ullanishsin. Agar erlari boshqa bilan gaplashayotgan bo‘lsa, ular Alloh bilan gaplashsinlar. Bu ularga haqiqiy tinchlik va baraka olib keladi.


Vallohu a’lam

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Erim bilan chiqisha olmayapman, oylab gaplashmaydi, uch farzandimiz bor. Yashashni ham, ajrashishni ham bilmayapman. Nima qilay?

    July 12, 2025
  • Farzand ko‘rmaslik sharti bilan nikoh tuzsa bo‘ladimi?

    July 12, 2025
  • Qayta nikohda vakolat yangilanmasa, nikoh botil bo‘ladimi?

    July 8, 2025
  • Uch taloqdan so‘ng qayta nikohda mahr berish shartmi?

    July 7, 2025
  • Xolavachcha va ammvachchalar ham opa-singil hisoblanadimi?

    July 1, 2025
  • Ko’pxotinlilikda adolat borasida shartlashishga oid savol.

    July 1, 2025