Xo‘jayinim bilan 8 yil birga yashadik, lekin farzandimiz bo‘lmadi. Ba’zi sabablarga ko‘ra, erimning uyidan ketib, javobimni so‘radim. Erim javobimni bermay yurdi. Bir kuni qo‘ng‘iroq qilib: «Javobingni berdim», dedi. Men idda saqlashni boshladim. Shu orada erim kechirim so‘rab, achchiq ustida javobimni berganini, men bilan qayta yashamoqchi ekanini aytdi. Men bunga ko‘nmadim. Shunda u: «Men javobimni qaytib oldim, sen yana mening xotinimsan», dedi. Iddam oxirlab qolgandi, buni hech kimga aytolmadim. «Mayli, yashamoqchi bo‘lsangiz, kelib olib keting», desam: «Yo‘q, senikilar kelib, ota-onam bilan gaplashsin, shunda ota-onam rozi bo‘lishi mumkin», dedi. Men rozi bo‘lmadim. Shu orada iddam tugadi. U bilan birinchi ko‘rishganimizda yuzimdan o‘pib oldi. «Bunaqa qilmang», desam: «Nima qilibdi, sen haliyam xotinimsan-ku!» dedi. Endi ota-onam meni boshqaga uzatishmoqchi. Erimga ko‘p marta: «Uch talaq bering», dedim, lekin bermadi. Meni uyiga olib ketmadi, aksincha, o‘zi uylanib ketdi boshqasiga. Shunda men hanuz uning nikohidamanmi, yoki iddam tugab ketgan-u, boshqaga turmushga chiqishim mumkinmi? Yoki boshqatdan talaq berishi kerakmi?
Erim “javobingni berdim” deb talaq qildi. Idda vaqtida “qaytdim” dedi, lekin uyga olib ketmadi, nafaqa bermadi, boshqa xotin oldi. Endi u talaqni qaytargan hisoblanadimi yoki men erimdan ajralganmanmi? Boshqa erkakka turmushga chiqishim mumkinmi?
Savol :
Javob :
Qisqacha javob : Agar erkak “qaytdim” desa, Imom Ahmad mazhabiga ko‘ra, bu faqat isloh niyati bilan bo‘lsa, ruj’u hisoblanadi. Siz aytayotgan holatda esa u sizni olib ketmagan, nafaqa bermagan, boshqa ayolga uylangan. Bu isloh istamagani bo‘ladi. Shuning uchun qaytish sahih emas, talaq o‘z kuchida qoladi. Idda tugagan bo‘lsa, siz boshqa erkakka turmushga chiqishingiz mumkin. Agar u yana yashamoqchi bo‘lsa, yangidan nikoh qilishi kerak. Vallohu a’lam.
Maqola foydali bo’ldimi?
2