Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Eri mahrini bermagan bo‘lsa, ayol erining ruxsatisiz harakat qilishi mumkinmi?

Eri mahrini bermagan bo‘lsa, ayol erining ruxsatisiz harakat qilishi mumkinmi?

Nashr sanasi: April 28, 2025

Savol :

Eri hanuz mahrini bermagan ayol erining ruxsatisiz yoki eriga aytmasdan ko‘chaga chiqsa, yoki safar qilsa bo‘laveradimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha mazmun: Agar mahr vaqti o‘tib, er bermayotgan bo‘lsa, ayol ma’lum itoat xizmatlarini to‘xtatishi mumkin. Lekin umumiy itoatsizlikka haqi yo‘q.

Ya’ni, eri mahrini bermasa degani — bu tafsilotli masala.

Masalan, eri mahrni “nasiya”, ya’ni keyinroq beraman deb uylangan bo‘lsa, va ayol ham bunga “xo‘p” degan bo‘lsa, unda ayol kishi o‘z bilganini qilaveradi degani emas.

Ammo er: “Bir oy ichida beraman” deb va’da bergan bo‘lsa va oradan bir yil o‘tib ham bermayotgan bo‘lsa, ayol mahrini talab qilishi va mahr berilmaguncha o‘zini to‘xtatib turishi mumkin.

Ya’ni eriga itoat qilmay turishi, “nushuz” deyiladi bu holat — ya’ni safarga chiqib ketishi, to‘shakda xizmatdan bosh tortishi yoki xizmat qilmasligi mumkin.
“Agar mahrimni bersang, xizmat qilaman”, deb aytishi mumkin.

Hanafiy mazhabida shu fatvo aytilgan.

Ya’ni bu narsa, vallohu a’lam, hozirgi kunda ham o‘rinli: agar erlar mahrni bermay cho‘zsalar, ayollar o‘z haqini talab qilishi va unga bog‘liq xizmatlarni to‘xtatishi mumkin.

Chunki mahr — ayolga berilishi kerak bo‘lgan huquqiy haqi hisoblanadi.

Erkak va’da qilgan narsasini bermayapti.
Endi bermagandan keyin ayol ham bergan xizmatini, ya’ni itoatini vaqtincha to‘xtatib turishi mumkin.
To’g‘ri, bu shariat maqosidlariga ham muvofiqdir.

Ammo “Mahr bermadi” deb, ayol bilganini qilaversin, erining iznisiz harakat qilsin, degan umumiy hukm chiqarilmaydi.

Agar er va’da qilgan va o‘sha va’da vaqti kelib ham bajarmayotgan bo‘lsa — ayol o‘z haqini talab qilishi mumkin.

Ammo va’daning vaqti hali kelmagan bo‘lsa, yoki ayol “Keyinroq bersa ham bo‘ladi” deb rozi bo‘lsa, unda ayol sabr qilishi kerak.
Bu holda ayol o‘z bilganicha itoatsizlik qilishga haqqi yo‘q.

Agar er va’da qilgan va va’da vaqti kelgan bo‘lsa, lekin haligacha bermagan bo‘lsa va ayol mahrini talab qilsa ham bermasa — u holda ayol ma’lum xizmatlarini to‘xtatishi mumkin.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Qiz otasiga quloq solmay johil yigitga tegsa, ota gunohkor bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Qonuniy nikohi bo‘lmagani uchun imom nikoh o‘qishdan bosh tortgan va ayoli bilan qo‘shilib qo‘ygan yigitning savoli.

    October 7, 2025
  • Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

    October 4, 2025
  • Qizlar er topish uchun ko‘chaga chiqishi kerakmi?

    October 4, 2025
  • Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

    October 4, 2025