Ustoz, erim bir yarim yildan beri ishlamaydi. Uyda faqat telefonda harom va fahsh narsalarni ko‘rib yotadi. O‘zi uchun kiyim, mashina, telefon kabi katta xarajatlar qiladi. Ba’zan ro‘zg‘or qilayotgandek bo‘ladi, lekin aslida asosan boshqalar ro‘zg‘or qiladi.
Qarzlari yigirma ming dollarga yetgan. Nasihat qiladigan ota-onasi yo‘q. Men norozi bo‘lib gapirsam, “Alloh o‘zi yetkazadi, sen ishonmaysan, noshukrsan, odamlar senchalik yashamayapti”, deb javob beradi. Bolalarim va o‘zimning sog‘lig‘imiz uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni ham bermaydi.
Shariat bo‘yicha erkak oilasi uchun ishlashi kerak emasmi? Bu holat davom etsa, qanday chora ko‘rsam bo‘ladi? Bizga nasihat qiling.