Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Taloq >Eri ajrashishga rozi bo‘lmay ajrashgan ayol jannatga kirmaydimi?

Eri ajrashishga rozi bo‘lmay ajrashgan ayol jannatga kirmaydimi?

Nashr sanasi: January 16, 2026

Savol :

Agar ayol kishi eri ajrashishga rozi bo‘lmasa ham, ajrashib ketsa, erning
“Men sendan rozi emasman, sen jannatga kirolmaysan”
deb aytishi to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bu gap noto‘g‘ri.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bu gap noto‘g‘ri.

Ayol kishi o‘zi xohlamagan holatda majburan bir erkak bilan umrining oxirigacha yashashga majbur qilinmaydi.
Agar ayol:

  • erini yoqtirmasa,

  • uning haqqini ado qila olmasligini bilsa,

  • shu holatda yashasa gunohga tushishidan qo‘rqsa,

u holda ajrashishni so‘rashi shar‘an joiz.


Bunga ochiq dalil bor:

Bir ayol Rasululloh ﷺ huzurlariga kelib shikoyat qiladi va shunday deydi:

“Ey Rasululloh, mening erim Sobit ibn Qays.
Men uni dinida ham, xulqida ham ayblay olmayman — u yaxshi, dindor va xulqli odam.
Lekin mening ko‘nglim yo‘q, uning haqqini ado qila olmayman.
Shu sababli gunohga tushishdan qo‘rqaman.”

Rasululloh ﷺ unga: “Sabr qil”, “Majburlab yashagin” demadilar.

Balki xul‘u yo‘li bilan ularni ajratdilar.

Bu juda muhim dalil.

E’tiborli jihati:
Sobit ibn Qays رضي الله عنه Rasululloh ﷺ tomonidan jannatiy deb xabar berilgan sahobadir.
Shunday bo‘lsa ham, uning xotini u bilan yashashni istamagan va Rasululloh ﷺ ayolni majburlamaganlar.


Demak:

Agar:

  • nikoh xul‘u bilan bekor qilingan bo‘lsa,

  • yoki er taloq bergan bo‘lsa,

 ayol endi begona ayol hisoblanadi.

Bu holatda:

  • erning “Alloh seni la’natlasin” deyishi,

  • “farishtalar seni qiyomatgacha la’natlasin” deyishi,

  • “jannatga kirolmaysan” deb hukm chiqarishi

shar‘an mutlaqo noto‘g‘ri va haqsiz gapdir.

Shariat musulmon odamga faqat ikki yo‘lni ko‘rsatadi:

“Yaxshilik bilan tutib qolish yoki ehson bilan ajralish.”

Bundan boshqa yo‘l yo‘q.

Alloh taolo marhamat qiladi:

وَإِن يَتَفَرَّقَا يُغْنِ ٱللَّهُ كُلًّۭا مِّن سَعَتِهِۦ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ وَٰسِعًا حَكِيمًۭا ١٣٠

“Agar er-xotin ajralib ketsa, Alloh ularning har birini O‘z fazlidan boy qiladi.”

Nisa – 130 

Ya’ni ayolni ham, erkakni ham Alloh O‘zi rizqlantiradi va O‘zi kifoya qiladi.


Xulosa :

  • Ayol ajrashgani uchun jannatdan mahrum bo‘lmaydi

  • Erning “men rozi emasman” degani bilan hukm o‘zgarmaydi

  • La’natlash va qo‘rqitish — harom

  • Ajrashuvda odob, taqvo va ehson saqlanishi shart

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ajrashgan ayol ota uyida idda o‘tirsa bo‘ladimi?

    January 14, 2026
  • Xatodan qilingan taloq tushmaydimi?

    January 7, 2026
  • Taloq masalasi qoziga ko‘tarilmaguncha er-xotin birga yashayveradi degan gap to‘g‘rimi?

    January 7, 2026
  • Ikkinchi bo‘lib tekkan va eri xabar olmay qo‘ygan ayolning savoli.

    January 2, 2026
  • Ayoliga “Javobingni berdim” deb, keyin ajralish niyatim yo‘q deydigan er haqida savol.

    January 2, 2026
  • Er “javobingni olding” desa, taloq tushadimi?

    December 18, 2025