Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Er zulm qilayotgan, lekin taloq ham bermay, khul’ga ham rozi bo‘lmayotgan holatda, ayolni himoya qilish va oilani hal qilish choralari qanday bo‘ladi?

Er zulm qilayotgan, lekin taloq ham bermay, khul’ga ham rozi bo‘lmayotgan holatda, ayolni himoya qilish va oilani hal qilish choralari qanday bo‘ladi?

Nashr sanasi: April 15, 2025

Savol :

Er zulmkor, ayolini qattiq uradi, har narsaga qasam ichtiradi, so‘kadi. Oila qurganlariga sakkiz yil bo‘lgan, uch farzand bor. Ayol hayotdan juda to‘yganidan: “O‘zimni o‘ldiraman”, — deyishga qadar yetgan. Er taloq bermayapti, ayol khul’ (ajralish) so‘ragan, lekin er rozi emas. Ustoz, bunday holatda nima maslahat berasiz? Shu oilani saqlab qolish yoki erni isloh qilish uchun: “Agar yana uradigan bo‘lsam, xotinim taloq bo‘ladi”, — deb yozib shartnoma tuzdirsa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar ayol o‘zini o‘ldirish darajasigacha yetgan bo‘lsa, bu holatga befarq bo‘lmasdan, jiddiy choralar ko‘rilishi, zarurat bo‘lsa, erdan “yana uradigan bo‘lsam, taloq tushadi” degan shartnoma olinishi lozim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, har xil holatlar bo‘ladi. Agar ayol: “O‘zimni o‘ldiraman”, — degan darajagacha yetgan bo‘lsa, bu holatga jiddiy yondashish lozim. Bunday vaziyatda atrofdagilar befarq bo‘lmasligi, “qachon o‘zini o‘ldirarkin”, deb chetda tomoshabin bo‘lib turmasligi kerak.

Qur’onda mo‘minlar bir-birining valisidir — ya’ni himoyachisi, yordamchisidir — deb marhamat qilingan. Mo‘min kishi o‘lib qolgach janozasida qatnashishdan oldin, u hali tirik chog‘ida uning dardiga, muammosiga e’tibor berishimiz kerak.

Shu bois, bunday holatda yaqinlar, islohchi kishilar aralashib, vaziyatni to‘liq o‘rganib chiqishlari lozim. Agar holat chindan og‘ir bo‘lsa, bu oilada hayr va baraka ko‘rinmayotgan bo‘lsa, ajratish haqida qaror chiqarilishi mumkin.

Shuningdek, aytayotganingizdek, erdan: “Agar yana ursam, taloq tushadi”, — degan shartni yozib olish ham mumkin. Agar u bunday hujjatga imzo chekkan bo‘lsa, keyinchalik uradigan bo‘lsa, taloqning o‘zi ro‘y beradi. Bu yo‘l bilan uni o‘zini nazorat qilishga undash mumkin.

Bu ham bir isloh usuli. Demak, bu masalada jiddiy isloh ishlari olib borilishi kerak. Muslima ayolni urish, uni ruhiy bosim ostida yashashga majburlash — og‘ir zulmdir. Bu holatga jiddiy yondashib, kerak bo‘lsa, shar’iy va huquqiy choralar ko‘rilishi lozim.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Nikohga oid ikki savol.

    July 20, 2025
  • Ayoliga yaqinlik qilish xohishini aytmaydigan er haqidagi savol.

    July 20, 2025
  • Nikohdan avval yolg‘on gapirgan ayol bilan ajrashgan erkak gunohkor bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Erim bilan chiqisha olmayapman, oylab gaplashmaydi, uch farzandimiz bor. Yashashni ham, ajrashishni ham bilmayapman. Nima qilay?

    July 12, 2025
  • Farzand ko‘rmaslik sharti bilan nikoh tuzsa bo‘ladimi?

    July 12, 2025
  • Qayta nikohda vakolat yangilanmasa, nikoh botil bo‘ladimi?

    July 8, 2025