Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Egizak yoki o‘g‘il farzand ko‘rish uchun gormonal ukollar qabul qilish — dinimizda joizmi?

Egizak yoki o‘g‘il farzand ko‘rish uchun gormonal ukollar qabul qilish — dinimizda joizmi?

Nashr sanasi: June 18, 2025

Savol :

Hozirda ayrim ayollar egizak farzand ko‘rish yoki tug‘ilajak farzandning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishini ta’minlash maqsadida ginekologlar tavsiyasi bilan gormonal ukollar qabul qilishyapti. Dinimizda bu ish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Farzandning jinsi yoki egizak bo‘lishi uchun sabab sifatida gormonal ukollar yoki shunga o‘xshash tibbiy vositalarni qo‘llash — joizdir. Natija esa Allohga havola. Shuning uchun buni harom deyish noto‘g‘ri, chunki bu da’voni isbotlovchi shar’iy dalil yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Aslida bu amalda haromlik yo‘q, ya’ni bu ish joiz (muboh) hisoblanadi. Ayol gormonal ukollar yoki dorilar qabul qildi degani — darrov egizak bo‘ladi yoki albatta o‘g‘il yoki qiz tug‘iladi — degani emas. Bu vositalar faqat sabablarni qilish doirasiga kiradi.

Dinimizda sabab qilish — Allohning ishiga aralashish hisoblanmaydi. Natijani — ya’ni farzandning jinsi, egizlik yoki umuman farzand berilishini — faqat Alloh taoloning o‘zi belgilaydi. Biz sabablarni qilamiz, lekin natijani Alloh yaratadi.

Xuddi nikoh qurish ham shunday: insonlar turmush quradi — bu sabab, ammo farzandni Alloh yaratadi. Hech kim “Sen nikoh qurma, bu Allohning ishiga aralashish bo‘ladi” demaydi. Sabablarni qilish bizga buyurilgan.

Shunday ekan, ayol “egizak tug‘ilsin” yoki “o‘g‘il bo‘lsin” degan umid bilan tibbiy tavsiyalar asosida muayyan ukol yoki dori qabul qilsa — bu shar’an muboh bo‘lgan ishdir. Natija esa Allohning irodasiga bog‘liq.

Agar kimdir bu ishni harom desa, u bunga aniq dalil keltirishi kerak. Harom deyish uchun Qur’on yoki sahih Hadisga asoslangan dalil bo‘lishi lozim. Lekin bu masalada shunday qat’iy dalil yo‘q.

Fiqh qoidasiga ko‘ra:

“Aslda narsalar mubohdir (joizdir), harom bo‘lishi uchun dalil kerak.”


Xulosa:

Farzandning jinsi yoki egizak bo‘lishi uchun sabab sifatida gormonal ukollar yoki shunga o‘xshash tibbiy vositalarni qo‘llash — joizdir. Natija esa Allohga havola. Shuning uchun buni harom deyish noto‘g‘ri, chunki bu da’voni isbotlovchi shar’iy dalil yo‘q.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Hajga borish uchun pora bersa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Qoshlarni “pudra sepilishi” uslubida tatuaj qildirish haqida.

    July 18, 2025
  • Ayol kishi kindigini teshtirib, zirak taqishi joizmi?

    July 18, 2025
  • Ayol kishi mo‘ylovini olsa bo‘ladimi?

    July 18, 2025
  • To‘ylarda ofitsiant bo‘lib ishlaydigan kishining savoli.

    July 17, 2025
  • Uyni bitishidan avval sotib olish hukmi.

    July 16, 2025