Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Aqida >Davlat hodimlariga kufr hukmini berish.

Davlat hodimlariga kufr hukmini berish.

Nashr sanasi: January 4, 2025

Savol :

Ustoz, davlat organi hodimlariga umumiy yoki xos takfir berish yoki forma kiyib olgan namozxonga takfir berish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Zohirda musulmon bo‘lgan, namoz o‘qiydigan yoki dindan chiqqani aniq bo‘lmagan kishilarni takfir qilishda ehtiyot bo‘lish kerak.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Musulmon kishiga takfir berish aslida o‘ta xatarli ish. Shuning uchun bu narsada shoshilmaslik kerak. Hech qachon musulmon “Laa ilaaha illalloh” deb, o‘zini musulmonman, deyaotgan kishini takfir qilishga, kofirga chiqarishga musulmon kishi shoshilmasligi kerak.
Chunki hadislarda: “Kim birodarini kofir desa, agar aytganidek bo‘lmasa, o‘ziga qaytadi”, deyilgan. Ulamolar bu ishdan qaytarib kelishgan, jur’at qilmaslik kerak.

Ulamolarda qoida bor: “Kimning islomligi aniq va ishonchli bo‘lsa, aniq hujjatsiz uni islomdan chiqarilmaydi”, — deyishgan. Shunday ekan, musulmon kishini kofirga chiqarishda shoshilmaslik kerak.

Endi buni batafsil tushuntirishga ehtiyoj yo‘q, alohida darslar qilingan, o‘sha darslarga murojaat qilish mumkin. (Darslarni eshitish uchun shuni bosin!) Ya’ni, bir kishi musulmon bo‘lgan insonni kofir deb adashgandan ko‘ra, agar u Allohning nazdida kofir bo‘lgan taqdirda ham, musulmon deb e’tiqod qilib adashsa, buning ziyoni yo‘q.

“Kim kofirni kofir demasa, o‘zi kofir bo‘ladi” degan qoida ham hamma holatga taalluqli emas. Bu qoida faqat kufri ochiq, o‘zini kofirligini e’tirof qilib turgan shaxslar uchungina qo‘llaniladi — nasroniy, yahudiy, ateist, buddist va hokazo. Agar bunday shaxslar haqida “bular kofir emas” desangiz, ana o‘sha holatda kofir bo‘lib qolish xavfi bor. Chunki bu Qur’ondagi aniq hukmlarni inkor qilish bo‘ladi.

Alloh taolo aytadi:

لَّقَدْ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ ثَالِثُ ثَلَـٰثَةٍۢ

“Alloh uchtaning uchinchisidir, deganlar, batahqiq, kofir bo`ldilar.”, (Moida-73) — deb aytgan. Agar shu so‘zni aytgan shaxsni kofir deb bilmasa, o‘zi kofir bo‘ladi. Chunki bu holatda Qur’on hukmini rad etgan bo‘ladi.

Ammo zohirda musulmon bo‘lgan, namoz o‘qiydigan yoki dindan chiqqani aniq bo‘lmagan kishilarni takfir qilishda ehtiyot bo‘lish kerak. Agar mobodo u kofir bo‘lgan taqdirda ham, sizda aniq dalil bo‘lmasa, uni kofir deb chiqarish mumkin emas. “Kofirni kofir demagan kofir bo‘ladi” degan qoida bu yerda tatbiq qilinmaydi.

Shuning uchun bu masalada ehtiyot bo‘lgan yaxshiroq. Musulmon kishini kofirga chiqarish qoidalari haqida o‘tgan darslarga murojaat qilish mumkin. Bu masala kengroq ahli ilmlar so‘zlari bilan bayon qilingan.

Vallohu a’lam

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • “Kichik shirk dinidan chiqarmaydi” degan odam kofir bo‘ladimi?

    May 21, 2025
  • Mazhablar tarihi va tafsiri

    May 7, 2025
  • “Opam oyatni inkor qilib, kofir bo‘ldimi?”

    May 4, 2025
  • Allohning qo‘li deyilganda ko‘z oldimga inson qo‘li keladi. Bu gunohmi va bundan qanday qutulaman?

    May 3, 2025
  • Erning ruxsatisiz ayol kishi darslar eshitish mumkinmi?

    April 20, 2025
  • Tavhid birinchi bo‘lib kim tomonidan uch qismga taqsimlangan?

    January 25, 2025