Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Zakot >Chorva hayvonlarning yem-xashaklaridan zakot chiqarish hukmi.

Chorva hayvonlarning yem-xashaklaridan zakot chiqarish hukmi.

Nashr sanasi: February 5, 2025

Savol :

Ustoz, men chorvachilik bilan shug‘ullanaman. Chorva hayvonlarimning yem-xashaklaridan zakot chiqarishim kerakmi?



Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Bu masalada ixtilof bor. Ehson nuqtayi nazaridan yem-xashak ham hisoblanib, hozirgi bozor narxida baholab zakot chiqarsa yaxshi.

Bismillah,
Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Chorvachilik bilan shug‘ullanadigan kishi o‘zining jamg‘argan yem-xashaklarini ham zakot hisobiga qo‘shadimi?

Agar chorva hayvonlari tijorat maqsadida boqilayotgan bo‘lsa, yili to‘lganda ularning barchasi hozirgi bozor narxida baholanib zakot chiqariladi. Yem-xashak masalasida esa ulamolar orasida ixtilof bor.

Aslida tijorat zakotida sotish uchun mo‘ljallangan narsalar shubhasiz baholanadi. Masalan, qo‘y yoki sigir boqayotgan kishi ularning o‘zini baholaydi. Shuningdek, sotiladigan mahsulot tarkibiga kiradigan xom ashyo ham hisoblanadi.

Ba’zi ulamolar yem-xashakni hisoblash shart emas, deb hisoblashgan, chunki bu tijorat qilinayotgan asosiy mahsulot emas. Ammo boshqalar uni hisoblash kerak, degan fikrda, chunki yem hayvonlarni semirtiradi va ko‘payishiga sabab bo‘ladi, ya’ni bilvosita tijorat mahsulotiga ta’sir qiladi.

Ehson nuqtayi nazaridan yem-xashak ham hisoblanib, hozirgi bozor narxida baholanishi ehtiyot chorasi bo‘ladi.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Zakot berish shakli

    April 13, 2025
  • Uy sotib olish uchun bir necha yil zakot to‘plash hukmi

    March 4, 2025
  • Zakotni boshqa chet davlatga yetkazish jarayonida uning bir qismi yo‘l xarajatlariga sarflansa, zakot to‘liq hisoblanadimi yoki faqat muhtojlarga yetib borgan qismi zakot bo‘ladimi?

    February 12, 2025
  • O‘g‘li uchun yer sotib olib, qo‘lida mablag‘ qolmagani sababli o‘zini zakotga haqli deb da’vo qilayotgan kishiga zakot olish halolmi?

    February 11, 2025
  • Otasi zakotga haqli bo‘lmagan tolibi ilmlarga zakot berishning hukmi.

    February 6, 2025
  • Biznesga tikilgan puldan qanday zakot beriladi?

    February 6, 2025