Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Zakot >Chorniy kassadan zakot qanday beriladi?

Chorniy kassadan zakot qanday beriladi?

Nashr sanasi: December 30, 2024

Savol :

Men oyiga ikki marta 400 dollardan “chorniy kassa” o‘ynayman. Guruhda 42 kishimiz, shunda har bir odam taxminan 1 yil-u 9 oyda 16 800 dollardan pul oladi. Bu kishilar zakotini qanday berishlari kerak bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Kimga qancha pul bergan bo’lsa, osha pulni zakotga hisoblaydi.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamdu sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

O‘tgan majlislarimizda ham aytib o‘tdik, aksar ulamolarimiz “chorniy kassa” o’ynashni joiz deyishgan. Boshqa biron bir ma’siyat ishlari aralashmasa, aslida joiz. Masalan, jo‘ralar yoki hamkasblar yig‘ilib, haftada yoki bir oyda pul yig‘ib, berib, shu jarayonni takrorlashning zarari yo‘q.

Endi zakoti qanday beriladi, degan savolga kelsak: agar pulni shu vaqtga qadar berib kelib, hali olmagan bo‘lsa, bu qarzga berilgan hisoblanadi. Masalan, har oyda 1 000 dollardan 10 kishiga pul berildi, jami 10 000 dollar. Zakot berish vaqti kelib qoldi, ya’ni Ramazon keldi. O‘sha 10 000 dollarni, va agar qo’lida boshqa naqd puli bo’lsa, osha naqd pulini ham qo’shib zakot beradi.

Agar oldindan olib qo‘ygan bo‘lsa-chi?

Masalan: birinchi bo‘lib unga pul yig‘ib berishgan bo‘lsa, zakot berish kerak bo‘lgan vaqtda qo‘lida osha pul turgan bo‘lsa, zakot beradi. “Bu pullarni odamlardan olganman, buni qaytarishim kerak”, deb aytmaydi. Qo‘lida turgan pulga zakot beradi. Ammo pulni nimagadir ishlatib yuborgan bo‘lsa, zakot berish shart emas.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Zakot berish shakli

    April 13, 2025
  • Uy sotib olish uchun bir necha yil zakot to‘plash hukmi

    March 4, 2025
  • Zakotni boshqa chet davlatga yetkazish jarayonida uning bir qismi yo‘l xarajatlariga sarflansa, zakot to‘liq hisoblanadimi yoki faqat muhtojlarga yetib borgan qismi zakot bo‘ladimi?

    February 12, 2025
  • O‘g‘li uchun yer sotib olib, qo‘lida mablag‘ qolmagani sababli o‘zini zakotga haqli deb da’vo qilayotgan kishiga zakot olish halolmi?

    February 11, 2025
  • Otasi zakotga haqli bo‘lmagan tolibi ilmlarga zakot berishning hukmi.

    February 6, 2025
  • Biznesga tikilgan puldan qanday zakot beriladi?

    February 6, 2025