Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Hadis >“Boyning kambag‘aldan ustunligi yo‘q, kambag‘alning boydan ustunligi yo‘q, faqat taqvo bilan ustunlik bo‘ladi” degan hadis bormi?

“Boyning kambag‘aldan ustunligi yo‘q, kambag‘alning boydan ustunligi yo‘q, faqat taqvo bilan ustunlik bo‘ladi” degan hadis bormi?

Nashr sanasi: January 13, 2025

Savol :

“Boyning kambag‘aldan ustunligi yo‘q, kambag‘alning boydan ustunligi yo‘q, faqat taqvo bilan ustunlik bo‘ladi” degan hadis bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Siz aytgan manoda hadis yo‘q, ammo “Arabning arab emasdan ustunligi yo‘q, faqat taqvo bilan ustunlik bo‘ladi” manoda hadis mavjud.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Hadisga kelsak, shunday ma’noda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning so‘zlari mavjud: “Arabning arab emasdan ustunligi yo‘q, faqat taqvo bilan ustunlik bo‘ladi”. Ustunlik faqat taqvo bilan o‘lchanadi. Shu sababli, boyning kambag‘aldan ustunligi faqat taqvo orqali bo‘lishi mumkin. Biroq, ushbu so‘zlar ayni shu shakldagi hadis sifatida mavjud emas.

Bu to‘g‘ridir, chunki Alloh nazdida Uning maxluqlari orasida ustunlik mezoni — taqvodir. Bir inson boy yoki Allohning eng boy maxluqlaridan biri bo‘lishi mumkin. Ammo, Alloh nazdida uning qiymati hatto pashshaning qanoticha ham bo‘lmasligi mumkin. Boshqa tomondan, bir inson kambag‘al, ojiz va hech narsaga ega bo‘lmasa ham, Alloh nazdida buyuk inson bo‘lishi mumkin.

Ushbu hadis aynan shu shaklda zaifdir, lekin “Arabning arab emasdan ustunligi faqat taqvo bilan bo‘ladi” degan so‘zlar sahihdir.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Kishanlangan holda jannatga kiradiganlar haqida hadis bormi?

    August 9, 2025
  • “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish xatomi?

    August 5, 2025
  • Salomlashish uchun o‘rindan turish joiz emasmi?

    July 20, 2025
  • Eshik ochiq xonada nomahram bilan xoli qolish va unga shahvatsiz qarash hukmi.

    July 19, 2025
  • “Bir oila buzilishiga sabab bo‘lgan mendan emas” mazmunida hadis bormi?

    July 15, 2025
  • “Shubhali narsalarni tark qilinglar” degan hadisdagi shubhali narsalar borasida vasatiylik qanday?

    May 22, 2025