Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Bomdodga azon aytilganidan keyin, iqoma aytilgunga qadar jamoat bo‘lib Qur’on o‘qishning hukmi.

Bomdodga azon aytilganidan keyin, iqoma aytilgunga qadar jamoat bo‘lib Qur’on o‘qishning hukmi.

Nashr sanasi: January 31, 2025

Savol :

Ustoz, bizning masjidimizda Ramazon oyida bomdod azoni aytilgandan keyin, namoz o‘qilishi vaqtigacha imom bir pora Qur’on o‘qiydi. Jamoatdan xohlaganlar uning atrofida mushafga qarab xatmni tinglab o‘tirishadi. Bu amal sunnatda bormi yoki bid’at hisoblanadimi?



Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Bunday amal sunnatda kelmagan. Ovozni baland qilib o‘qish boshqalarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Agar masjid ahli namozdan keyin Qur’on o‘rganish maqsadida yig‘ilib, biri o‘qib, boshqalari kuzatsa yoki bir-birlarini to‘g‘rilab ta’lim bersa, bu joiz sanaladi.

Bismillah,
Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Aslida Ramazonda ovoz chiqarib har kuni 1 pora Qur’on o‘qish sunnatda aniq dalili yo‘q bo‘lgan amal. Aynan shu tarzda ovoz chiqarib o‘qish va boshqalar kuzatib borishi ochiq dalillar bilan kelmagan. Lekin bu amal joizmi yoki joiz emasmi? Vallohu a’lam, buni qilmagan yaxshi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Imom Ahmaddan rivoyat qilgan hadisda: “Bir-biringlarga Qur’on o‘qiyotganda ovozlarini ko‘tarmasinlar. Masjidda ikki kishi o‘tirgan bo‘lsa, biri baland ovozda o‘qib, boshqasiga ozor bermasin” degan mazmunda hadis kelgan. Ovoz chiqarib o‘qish namozxonlarga, boshqa o‘tirib xatm qilmoqchi bo‘lganlarga va hokazolarga ozor berishi mumkin.

Masjidda har xil odamlar bor, to‘g‘ri, Qur’on o‘qiy olmaydiganlar imom yoki qorining ortidan kuzatib, xatm qilishlari mumkin. Biroq bu boshqa joylarda qilinishi afzal. Ba’zi masjidlarda minbarga chiqib, Kahf surasini yoki boshqa suralarni baland ovozda o‘qishadi. Masjid esa faqat bir kishiniki emas, ko‘pchilik keladi. Ba’zan kimdir nafl namoz o‘qishi yoki ibodat bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday odat qilish yahshi emas.

Agar masjid ahli namozdan keyin Qur’on o‘rganish uchun to‘plansa va biri o‘qib, boshqalari kuzatsa yoki bir-birlarini to‘g‘rilab ta’lim bersa, bu joiz hisoblanadi. Hadislarda “Kim Qur’onni o‘rganish uchun bir joyga yig‘ilsa…” deb keladi. Ammo baland ovozda doimiy tarzda o‘qish va mikrofon orqali barchaga eshittirish boshqalarga halaqit berishi mumkin.

Shuning uchun, agar kimningdir ixtiyorida bo‘lsa, bu amaldan tiyilishi afzal. Har kim o‘zi xatm qilishni xohlasa, shaxsiy tarzda yoki kichik guruh bo‘lib o‘tirib o‘rganishi mumkin. Lekin mikrofon orqali barchaga eshittirish ba’zilarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mayyit uchun Mulk surasini 70 marta o‘qish sahih amallardanmi? Nima foydaliroq?

    June 4, 2025
  • Surani o’qishni bilmaganlar bu suraning audio yozuvini eshitsalar buning ham ajri boladimi?

    June 1, 2025
  • Avval arab tilini o‘rgangan ma’qulmi yoki Qur’onni yodlaganmi?

    May 29, 2025
  • Baqarani o‘zi o‘qimasa ham, telefon orqali eshittirish shaytonlardan himoya bo‘ladimi?

    May 26, 2025
  • Vaqtini chegaralamasdan “Qur’onni 15 marta xatm qilaman” deb nazir qilgan edim vaqtim bo’lganida xatm qilsam bo’ladimi?

    May 25, 2025