Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Tijorat >Bo‘lib to‘lash sharti bilan olingan uy to‘lanmasa, hukmi qanday?

Bo‘lib to‘lash sharti bilan olingan uy to‘lanmasa, hukmi qanday?

Nashr sanasi: June 3, 2025

Savol :

Bir birodarim bo‘lib to‘lash sharti bilan uy oldi. Uyni olishda kelishuv tuzildi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, agar u bir muddat to‘lov qilib, keyinchalik to‘lovni davom ettira olmasa, uy egalari uyni qaytarib olishadi va shu kungacha to‘langan mablag‘ning 10 foizini ushlab qolib, qolganini qaytarib berishadi.
Bu savdo shartnomasi shar’an to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holatdagi 10%ni ushlab qolish sharti shar’an noto‘g‘ri.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bu holatdagi 10%ni ushlab qolish sharti shar’an noto‘g‘ri.

Nega deganda, foiz miqdorini oldindan belgilab, uni shartnoma sharti sifatida kiritish — nohaqlik bo‘ladi. Chunki u holda odam to‘lay olmasdan qolsa, zarar ko‘rgan ustiga yana jazolanadi.

Agar zararni haqiqiy holatga qarab baholab, “mabodo zarar bo‘lsa, uni qoplatish mumkin” deb kelishilgan bo‘lsa — bu mumkin. Lekin oldindan aniq nisbatda (masalan, 10%) belgilab qo‘yish — shar’iy jihatdan foizga yaqin va zolimona shart hisoblanadi.

Agar uy egalari shunday desa:
“To‘lovlar to‘xtatilsa, biz uyimizni qaytarib olamiz va shu kungacha to‘langan pullarni to‘liq qaytaramiz,” — bu shar’an to‘g‘ri bo‘ladi.

Ammo “10 foizini kesib qolamiz” degan shart — buni olib tashlash kerak. Shartnomaning boshqa bandlari shunga muvofiq bo‘lsa, savdo to‘g‘ri bo‘ladi.


Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sheriklik savdosida muayyan pulga kelishsak bo‘ladimi?

    May 28, 2025
  • Odamlarni biror kompaniyaga jalb qilish evaziga kompaniyadan pul olish joizmi?

    May 22, 2025
  • Uyni bir yil oldin sotganman, lekin hanuzgacha pulni to‘liq bermagan.

    May 20, 2025
  • O‘zi mashinani to‘liq sotib olmasdan, boshqa birovga mashina olib berish (nasiyaga yoki bo‘lib to‘lashga) joizmi?

    May 15, 2025
  • Uy sotib olish uchun zakalat berilgan bo‘lsa, xaridor va’dasida turmagan taqdirda, zakalatni qaytarib, uyni boshqasiga sotish joizmi?

    May 12, 2025