Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Bolalarning namoz paytidagi nojo’ya harakatlariga kattalarning munosabati

Bolalarning namoz paytidagi nojo’ya harakatlariga kattalarning munosabati

Nashr sanasi: June 16, 2025

Savol :

Yetti-sakkiz yoshli o‘g‘illarim namoz o‘qiyotganda ko‘p qimirlaydi, qashiladi, ya’ni chiroyli namoz o‘qishmaydi. Buni ko‘rib yuragim siqiladi. Shunaqa vaziyatda qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bolalarning namoz o‘qiyotgani o‘zi katta yutuq. Faqat sabr bilan tushuntirish, namozning ahamiyatini anglatish kerak. Bolalarni ibodatga qiziqtirish, muhabbat uyg‘otish, namozni sevdirish kerak. Vaqti kelib, u ham chiroyli va odobli tarzda o‘qiydigan bo‘ladi, inshaAlloh.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, va ba’d.

Yetti-sakkiz yoshli bolaning namoz o‘qishi o‘zi katta gap. Qimirlaydimi, harakat qiladimi — bu yoshdagi boladan buni tabiiy hol deb qabul qilish kerak. Bu yoshda namozga o‘rganayotganining o‘zi bir ne’mat va katta yutuq.

Shuning uchun bunday vaziyatda bag‘rikeng bo‘lish lozim. Ularni yaxshi muomala bilan, chiroyli tarzda, tushuntirish orqali o‘rgatishga harakat qiling. “Shunaqayam bo‘lsa o‘qiyapti-ku”, deb quvoning. Qashinish, qimirlashlar ham sekin-sekin kamayadi. Namozning ahamiyatini, kimning huzurida turib o‘qilayotganini asta-sekin tushuntiring. Bola tez tushunadi, agar muloyim va do‘stona uslubda yondashilsa.

Men aytmoqchi bo‘lgan narsa — bu yoshdagi bolaga nisbatan odam bag‘rikeng bo‘lishi kerak. Masjidlarda ham ba’zi katta yoshli kishilar bolalarni koyib, baqirib, qo‘rqitib yuborishadi. “Bu masjid, o‘yin joyi emas!” deb. Ammo bu noto‘g‘ri. O‘sha katta odamlarning o‘z farzandlari balki umuman namoz o‘qimayotgandir. Shu bola masjidga kelganining o‘zi — shukrli holat. U o‘ynab yursa ham, yugursa ham, baribir masjidga kelgan, namozni boshlagan.

Bu juda katta gap. Shuning uchun bolalarni ibodatga qiziqtirish, muhabbat uyg‘otish, namozni sevdirish kerak. Ular bu yoshda mukammal o‘qishmasa ham, asta-sekin o‘rganishadi. Ulardan 100% mukammallikni talab qilish noto‘g‘ri bo‘ladi. Biz buni masjidlarda ko‘p ko‘rganmiz.

Ba’zi odamlar yosh bolalarga nisbatan haddan tashqari qattiqqo‘l bo‘lishadi. Bola kulib yuborsa, biror harakat qilib qo‘ysa, salom berish bilan baqirib ketishadi: “Kimning bolasi bu? Nega kelding?” deb. Bu esa sahobalar yo‘liga zid.

Sahobalar davrida bolalar saf orasida yurganlari haqida rivoyatlar bor. Rasululloh ﷺ o‘z nevaralarini yelkalari ustida ko‘tarib namoz o‘qiganlari ham rivoyat qilingan. Maqsad — bolalar ibodatga qiziqsin, masjidga bog‘lansin. “Qush ko‘rganini qiladi”, deyilganidek, bola ham ko‘rganidan o‘rnak oladi. Katta odamlar jamoat bilan namoz o‘qiyotganini ko‘rib, tarbiya oladi.

Xulosa qilib aytganda, bu holatda bolalarning namoz o‘qiyotgani o‘zi katta yutuq. Faqat sabr bilan tushuntirish, namozning ahamiyatini anglatish kerak. Vaqti kelib, u ham chiroyli va odobli tarzda o‘qiydigan bo‘ladi, inshaAlloh.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • 12 yoshdaman, juma namoziga chiqishim vojibmi?

    July 17, 2025
  • Namoz o‘qishni yangi o‘rganayotgan ayolim orqamda turib namoz o‘qisa, qabul bo‘ladimi?

    July 9, 2025
  • Peshin namozining avvalidagi to‘rt rakat sunnatini ikki rakat qilib o‘qisam bo‘ladimi?

    July 9, 2025
  • Namozda peshob kelgandek tuyilaversa, nima qilish kerak?

    July 7, 2025
  • Bomdod sunnatini Farzidan keyin o’qisa bo’ladimi?

    July 4, 2025
  • Imomlikka o’tishdan avval niyatni qanday xolis qilish mumkin?

    July 1, 2025