Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Bolalarni Qur’onga muhabbatini oshirish

Bolalarni Qur’onga muhabbatini oshirish

Nashr sanasi: May 4, 2025

Savol :

6 farzandim bor. Alhamdulillah, barchasi Qur’on yodlab, ilm olishyapti. Maktabga ham borishadi. Lekin ba’zan dangasalik qilib, sustlashib qolishadi. Shunda “o‘qi” deb ba’zida qattiqroq gapirib qo‘yaman. Lekin urmayman. Shu holatda ularni Qur’ondan bezdirib qo‘ymaymanmi? Nima qilsam, Qur’onga bo‘lgan muhabbatlari oshadi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qanday holatda bo‘lsa ham, bolani qiziqtirishni ko‘paytiring. Olimlar, ahli-ilmlar, tobeinlar va sahobalarning hayotidan ko‘proq darslar eshittiring, va ularni mana shunday insonlar bo‘lishga chaqiring. Vallohu a’lam.

Ba’zan-ba’zan bolaga qattiqroq gapirmasa, tanbeh bermasa bo‘lmaydi. Tarbiya bir xil yo‘sinda ketavermaydi — har xil holatlar bo‘ladi. “Bezitib qo‘ymaymanmi?” deganingizni qaysi darajada aytayotganingizni bilmadim, bu holatni eng yaxshi siz o‘zingiz bilasiz. Bola tarbiyasida fiqhiy jihatlarni ham hisobga olish kerak.

Qanday holatda bo‘lsa ham, bolani qiziqtirib, tushuntirish katta foyda beradi. “Agar shuni o‘qisang, mana bunday bo‘ladi”, deb yaxshilikka undang. Olimlarni, ahli-ilmlarni, sahobalar va tobeinlar hayotidan misollar keltiring. Hozir yaxshi kitoblar bor — ulardan o‘qib bering. Farzandlaringizga “mana shunday insonlar bo‘linglar” deb rag‘batlantiring.

“Alloh sizlardan rozi bo‘ladi, biz ham rozi bo‘lamiz” deb maqtang, rag‘batlantiring. Muhabbat uyg‘otishga harakat qiling. “Bezitib qo‘ymasligim kerak” degan fikringiz to‘g‘ri — bezdirish har xil yo‘l bilan bo‘ladi: ba’zida urish, ba’zida qattiq so‘z, yoki haddan tashqari majburlash orqali.

Lekin sizning niyatingiz bezdirish emas-ku. Maqsadingiz — Qur’onni o‘rgatish. “Ko‘p majbur qilyapmanmi?” degan savolga o‘zingiz javob bera olasiz. Faqat majburlashdan ko‘ra, qiziqtirishni ko‘paytiring. Tobeinlar, sahobalar hayotidan ko‘proq darslar eshittiring, kitoblar o‘qing, va ularni mana shunday insonlar bo‘lishga chaqiring.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qur’on o‘qiyotgan odamga birov salom bersa, nima qiladi?

    August 29, 2025
  • “Munofiqlar Allohni kam eslaydi” oyati sharhi.

    August 18, 2025
  • “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish xatomi?

    August 5, 2025
  • 20 yoshda Qur’on yodlash afzalmi, ilm o‘rganishmi?

    July 25, 2025
  • Namozlardan keyin ma’lum suralarni doimiy o‘qish: Sunnatmi yoki bid’at?

    July 22, 2025
  • Chaqaloqqa yosh bola ovozida Qur’on o‘qib berish joizmi?

    July 16, 2025