Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Zakot >Biznesga tikilgan puldan qanday zakot beriladi?

Biznesga tikilgan puldan qanday zakot beriladi?

Nashr sanasi: February 6, 2025

Savol :

Ustoz, mening 19 ming AQSh dollari atrofida pulim bor, lekin bu pullar qo‘limda emas, odamlarga qarzga berganman. Shuningdek, bu puldan mashina olib, muddatli to‘lov asosida sotganman va yana bir qismini sherikchilik savdosi uchun ishlatganman. Shu puldan zakot berishim kerakmi? Agar kerak bo‘lsa, qancha berishim lozim?



Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Quyida bu savolning javobi tushuntirilgan.

Bismillah,
Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Qarzga berilgan puldan zakot qanday beriladi?

Savolda 19 ming dollari borligi aytilgan.

Agar 10 mingga mashina olib, 12 mingga sotgan bo‘lsa,
Bir yil ichida sotgan bo‘lsa, 12 ming deb hisoblaydi.
Agar 2 yilga bo‘lib sotgan bo‘lsa, 11 ming deb hisoblaydi.
Bu yil oladigan foydasi 11 ming deb hisoblanadi.

Qolgan pullar haqida:

9 ming dollari bor, undan 5 ming sherikchilik tijoratiga kiritilgan.
Agar sheriklikda pul ko‘paygan bo‘lsa, masalan, 6 ming bo‘lsa, zakotni 6 mingdan hisoblaydi.
Qolgan 4 mingni ikki kishiga 2 mingdan qarzga bergan.
Agar bir qarz olgan odam istalgan vaqtda qarzni qaytara olsa, bu ham zakotga kiradi.
Agar boshqa qarzdor esa qiyin ahvolda bo‘lsa va qarzni bera olmasa, u hisoblanmaydi. Qachon qarz qaytarilsa, undan zakot chiqariladi.

Xulosa:

Qarzdorlik va savdoda zakot hisoblashning ikki yo‘li bor:

– Kelajakdagi to‘lovlarni to‘liq hisobga olib berish.
– Faqat joriy yildagi daromad va mavjud pullarni hisobga olish (bu to‘g‘rirog‘i).

Agar 19 ming dollar bo‘lsa,
10 ming dollarga mashina olib, 12 mingga sotilgan bo‘lsa, 12 ming hisoblanadi.
Sherikchilikka qo‘yilgan 5 ming bo‘lsa, agar 6 mingga chiqsa, 6 ming hisoblanadi.
Qolgan 4 mingdan, 2 ming berilgan qarz agar qaytarib olinsa, u ham zakotga kiritiladi.
Qarz bo‘lib qolgan pullardan esa zakot faqat qachonki qarz qaytarilganida beriladi.
Zakot hisoblanayotganda qo‘ldagi barcha mavjud pullar qo‘shib hisoblanib, 40 dan 1 chiqariladi.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Zakot berish shakli

    April 13, 2025
  • Uy sotib olish uchun bir necha yil zakot to‘plash hukmi

    March 4, 2025
  • Zakotni boshqa chet davlatga yetkazish jarayonida uning bir qismi yo‘l xarajatlariga sarflansa, zakot to‘liq hisoblanadimi yoki faqat muhtojlarga yetib borgan qismi zakot bo‘ladimi?

    February 12, 2025
  • O‘g‘li uchun yer sotib olib, qo‘lida mablag‘ qolmagani sababli o‘zini zakotga haqli deb da’vo qilayotgan kishiga zakot olish halolmi?

    February 11, 2025
  • Otasi zakotga haqli bo‘lmagan tolibi ilmlarga zakot berishning hukmi.

    February 6, 2025
  • Chorva hayvonlarning yem-xashaklaridan zakot chiqarish hukmi.

    February 5, 2025