Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Bitcoin savdosi bilan shug’ullanmoqchi bo’lganlarga nasihat

Bitcoin savdosi bilan shug’ullanmoqchi bo’lganlarga nasihat

Nashr sanasi: June 15, 2025

Savol :

Xo‘jayinim pul ayirboshlash bilan shug‘ullanadi. Bitcoin bilan ishlash joiz degan ba’zi fatvolarga asoslanib, shu sohada ham savdo qilishni boshlagan edi. Bir tanishi bu ishda birgalikda ishlashni, ya’ni boshqa ikkinchi va uchinchi shaxslarning ham mablag‘larini ishga solib, oldi-sotdi qilishni va foydani bo‘lishishni taklif qildi.

Ushbu shaxslar xo‘jayinimga o‘z pullarini ishonib topshirishdi. Ular bilan oldindan kelishib olindi: kriptovalyuta savdosida katta zarar ehtimoli borligi aytilganda, ular: “Agar zarar ko‘rsak, biz pullarimizga kuyamiz, siz faqat vaqt va mehnatingizga kuyasiz,” degan edilar.

Xo‘jayinim bunga rozi bo‘lib, ilm o‘rganib, kecha-yu kunduz shu ish bilan shug‘ullandi. Kechalari narxlar o‘zgarishini kuzatib, halovatini ham yo‘qotdi. Avvaliga foyda ko‘rilgan: tikilgan pullar qaytarilgan va ustiga daromad ham olinib, sheriklar bu daromadni qayta investitsiya qilganlar.

Ammo oxirida katta zarar bo‘ldi. Hozirda ikkinchi shaxs o‘zining barcha pullaridan ayrilgan, bu 30 foizni tashkil qiladi. Uchinchi shaxs esa yanada katta yo‘qotishga uchragan. Endi ular xo‘jayinimga “Bu ishda zarar birga to‘lanadi,” deyishmoqda. Umumiy zarar 200 ming AQSh dollariga yetgan.

Ustoz, bu holatda xo‘jayinim qanday yo‘l tutishi kerak? Shariat bu borada nima deydi? Bizga nasihat bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bitcoin va boshqa kriptovalyutalarning savdosi joiz emas deb bir necha marta aytganmiz. Bu ishda qatnashmaslik eng to‘g‘ri yo‘ldir. Musulmon kishi molini, vaqtini va qalbini bunday mavhum va xavfli narsalarga tikmasligi lozim. Bu iqtisodiy jihatdan ham, shariat nuqtayi nazaridan ham ishonchli emas. Endi yuqoridagi savolga keladigan bo‘lsak: Umar roziyallohu anhu aytganidek zarar avvaldan kelishib olingan shartlar asosida qoplanadi.

Bismillahir rohmanir rohiym. Alhamdulillah, vassolatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Avvalo, Bitcoin va boshqa kriptovalyutalarning savdosi borasida biz bir necha marta aytganmiz: bu ishga kirishmanglar, bu — joiz emas deb.

Mana shu holat bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 200 ming dollar zarar — bu o‘z-o‘zidan emas. Bu sohada, xuddi qimordek, avval yutishlar, so‘ng butkul yo‘qotishlar bo‘ladi. Pulni yig‘ib-yig‘ib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, noma’lum kuchlar uni xuddi baliqni to‘rdan olganday yig‘ib ketmoqda. Bu yerda ishtirok etayotgan musulmonlar va halol topishni istagan sodda odamlar oxirida aynan shunday zarar ko‘rmoqda.

Bu ishda qatnashmaslik eng to‘g‘ri yo‘ldir. Musulmon kishi molini, vaqtini va qalbini bunday mavhum va xavfli narsalarga tikmasligi lozim. Bu iqtisodiy jihatdan ham, shariat nuqtayi nazaridan ham ishonchli emas.

Endi esa siz aytgan holatga keladigan bo‘lsak: agar sheriklaringiz boshida sizga ochiq aytgan bo‘lsa — “Agar zarar bo‘lsa, sen mehnatingga kuyasan, biz esa pulimizga,” — deb, bu kelishuv asosida ishlagan bo‘lsangiz, shariatda shartlar muhim ahamiyatga ega.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytganlar:
“Al-huququ inda ash-shurut.” Ya’ni: “Haqlar shartga qarab belgilanadi.”

Agar shunday kelishuv bo‘lgan bo‘lsa, bu holatda siz o‘z vaqtingiz, mehnatingiz bilan zarar ko‘rgansiz, ular esa pul bilan. Endi orqaga qaytib, kelishuvni o‘zgartirish to‘g‘ri emas. Bu har ikki tomonning o‘z va’dasiga va shartlariga sodiq qolishini talab qiladi.

Nasihat:
Pul topish yo‘llari ko‘p, lekin har biri shariat mezonidan o‘tishi kerak. Yaxshi niyat bilan bo‘lsa ham, noto‘g‘ri yo‘ldan topilgan daromad baraka keltirmaydi. Tavakkul va halollik bilan harakat qiling. Tez boyish ilinjida har qanday riskli va shubhali ishga kirishmang. Alloh Subhanahu va Ta’ala bandalarini sinaydi — mol bilan, vaqt bilan, imkon bilan. Sinovda sobit qolganlarga Allohning yordami yaqin bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025